O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugungi kunda yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanaylik

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida “Barchamizga ayonki, tashqi va ichki siyosat sohalarida oldimizda turgan muhim va ulkan vazifalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermaydi. Faqat o‘zimizning kuch va imkoniyatlarimizga ishonishimiz, o‘z salohiyatimizga tayanishimiz zarur”, deganlar.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu o‘zgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o‘sib bormoqda.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolar timsolida butun o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odati, yurish-turishi, muomulasi, xulq-atvori va boshqa olijanob jihatlari namoyon bo‘ladi.

Bu yoshlar kelajakda aniq ish o‘rinlariga ega bo‘lishi uchun bandlikka ko‘maklashish markazi, korxona hamda kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan to‘rt tomonlama shartnomalar imzolangan. O‘quvchilar markazda olti oy davomida tahsil olgandan keyin tuzilgan shartnomaga asosan ikki oy davomida korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydi. Bu davrda ular shu korxonaga moslashishi va kelajakda ishlab qolishlari uchun zamin yaratiladi.

Shu o‘rinda aytishimiz joizki  bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Samarqand shahridagi "Kasb-hunarga o‘qitish markazi" bitiruvchilari bilan uchrashib, “Yoshlarga bugungi kunda  yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, aldovlarga berilib, turli nopok yo‘llarga kirib ketmaslik, yurtimiz sha'niga dog‘ tushurmaslik va vatanparvarlik ruxini so‘ndirmaslik” kabi mavzularda ma'ruza qildi.

Har qanday holatda ham Siz azizlar o‘zbek yurti farzandisizlar va davlat himoyasidasizlar.


Kiritilgan vaqti: 14/09/2021 07:59;   Ko‘rilganligi: 894
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bugungi-kunda-yaratilayotgan-shart-sharoitlardan-oqilona-foydalanaylik
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing