O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Toshkent shahar “Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq shahrimizdagi Muhammad Naqibbek jome' masjidiga tashrif buyurdi

 
 

Toshkent shahar “Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq shahrimizdagi Muhammad Naqibbek jome' masjidiga tashrif buyurib, ulamolar va shahrimiz namozxonlari bilan samimiy suhbat qurdi.
Suhbat davomida bugun mamlakatimizdagi tinchlik va osudalikning qadriga yetish, vatanparvarlik hissi, shukronalik, insoniylik kabi fazilatlar xususida gapirildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Komilov va “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome' masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Yusuf, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov hamrohligida Kattaqo‘rg‘on shahridagi kam ta'minlangan xonadonlarga borishib, haqdorlarga VAQF ta'sis etgan sovg‘a-salomlarni ulashishdi.

Tashriflar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/07/2021 15:30;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/toshkent-shahar-shayh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-masjidi-imom-xatibi-ismoil-muhammad-sodiq-shahrimizdagi-muhammad-naqibbek-jome-masjidiga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2021 20:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing