O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Abituriyentlarning ruxsatnoma olish tartibi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kirish RUXSATNOMASIni Diniy idoraning qabul.muslim.uz sayti va @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abituriyent pasport seriyasi va raqamini tegishli joyga yozadi va ruxsatnomani oladi.

Madrasalarga Abituriyentlar test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi.
Qabul imtihonlariga oid eng so‘nggi ma'lumotlarni diniy idoraning https://t.me/muslimuzportal telegram kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
Eslatma: Imtihon ruxsatnomasini olish uchun qabul.muslim.uz saytidagi "Ariza holatini tekshirish" bandi orqali arizangiz oynasiga kirishingiz hamda "Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish" tugmasi orqali yuklab olishingiz mumkin.
@qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali esa pasport seriyasi va raqami yoziladi va yuklab olinadi


Kiritilgan vaqti: 15/08/2021 18:24;   Ko‘rilganligi: 1142
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/abiturientlarning-ruxsatnoma-olish-tartibi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing