Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Namangan viloyatida bir guruh fuqarolar bilan uchrashdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari joylarda aholi bilan birma-bir suhbat qilish, namozxonlar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazish va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar holidan xabar olish maqsadida, Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.
To‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qat'iy qaror qabul qilindi
To‘ylar va boshqa marosimlarda me'yoridan ortiq dabdaba, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish kabi holatlar davom etayotgani og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu sababli to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga ehtiyoj tug‘ildi.
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida tashkil etilib, unda aynan shu masala muhokama markazida bo‘ldi.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning qayd etishicha, o‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlari va ularni o‘tkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
“Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da navbatdagi mashg‘ulot
Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal'asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishta bu - nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, oila tuzish, inson naslining davomiyligini ta'minlash, yosh avlod tarbiyasi nikohga bog‘liq masalalardir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Islomda nikoh ikki tomonning ixtiyori bilan barpo bo‘ladi. Shu sababdan nikoh qilinayotgan vaqtda har ikkalasidan alohida roziliklarini so‘rash va javobni guvohlar ham eshitishlari nikohning shartlaridandir.
Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir
Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir
Yoshlarimizni har tomonlama yetuk, sog‘lom va ma'naviyatli qilib tarbiyalashga jamiyatdagi har bir inson mas'uldir. Yosh avlod ong-shuuri, ma'naviyati va madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, o‘zini tutishi, muomalasida aks etadigan turli qusur va illatlar barchamizni hushyorlikka undashi zarur. Bu holatlarga e'tiborsizlik, bepisandlik va sovuqqonlik bilan qarash, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish esa jiddiy oqibatlarga va fojiaga olib kelishi mumkin.
Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi
2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘quvchi va ularning ota-onalari bilan tadbir o‘tkazildi
2019 yil 10 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisod kollejida o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan “Ota-onaning farzand oldidagi burchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jomboy tumanida "Oilada er va xotinning vazifalari" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Oila baxtiga erishish – har bir insonning orzusi. Buning uchun esa oilada tinchlik-totuvlik, er va xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch, sadoqat bo‘lsa kifoya. Zotan, bu jihatlar farzandlar tarbiyasida, ularning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchi yoshlar bilan hayotning bebaho ne'mat ekanligi haqida so‘hbat bo‘lib o‘tdi
Hayotning o‘ziga xos past-baland, egri, murakkab yo‘llari ham bor, ya'ni inson hayoti davomida turli qiyinchilik, mashaqqat va sinovlarga duch kelishi mumkin. Ba'zan imon-e'tiqodi sust yurtdoshlarimiz bunday musibatlardan qutulishning yo‘li deb, o‘z shirin jonlariga qasd qilib qo‘yadilar. Ta'kidlash kerakki, bunday mudhish ishga qo‘l urish musibatdan qutulishning nafaqat noto‘g‘ri yo‘li, balki o‘zini undanda kattaroq musibatga mubtalo qilish demakdir.
Toshkent xalqaro aeroportida yana bitta namozxona tashkil qilindi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining qo‘nish zalida ibodat qilish uchun sharoit yo‘qligiga doir ma'lumotlar tarqalgan edi.
Aholi bilan jinoyatchilikning oldini olish haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Hozir yurtimizda shu darajada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bunday jarayonda jimgina turaverishning o‘zi katta jinoyat.
Prezident qarori: Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari: Diniy ta'lim sohasida tarixiy yangilik
5 sentyabr kuni Toshkent islom institutida modul ta'lim tizimida yangi 2019-2020 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qur'oni karim tilovati bilan boshlandi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tomonidan yangi o‘quv shaklini muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab duolar qilindi.
YANA BIR ZIYO MASKANI NUR SOCHA BOSHLADI
Qadimdan Samarqand ilm-fan, madaniyat va ma'rifat beshigi sifatida jahon ilm-fani taraqqiyotiga ko‘plab mutafakkirlarini yetishtirib berishda munosib o‘rin tutgan. Asta sekin bu tabarruk maskan yana o‘z mavqeini tiklash sari ildamlab bormoqda.
Muftiy hazratlari Imom Buxoriy hadis maktabida bo‘ldi
Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va
Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezidentning ko‘rsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko‘zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora qurish, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obyektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.




















