O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da navbatdagi mashg‘ulot

 
 

Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal'asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishta bu - nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, oila tuzish, inson naslining davomiyligini ta'minlash, yosh avlod tarbiyasi nikohga bog‘liq masalalardir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Islomda nikoh ikki tomonning ixtiyori bilan barpo bo‘ladi. Shu sababdan nikoh qilinayotgan vaqtda har ikkalasidan alohida roziliklarini so‘rash va javobni guvohlar ham eshitishlari nikohning shartlaridandir.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlar orasida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borish, nikoh ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarni nafaqat jismonan, balki huquqiy, tibbiy, psixologik, moddiy, ma'naviy, axloqiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash maqsadida  “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyat boshqarmasi qoshida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” o‘quv darslari tashkil qilingan. Darslar har haftaning juma hamda shanba kunlari bo‘lib o‘tadi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi bilan kelishuvga asosan O‘MI Samarqand viloyat vakilligi ushbu o‘quvlarni mutaxassislar bilan ta'minlab kelmoqda. Oqdaryo tuman “Maxdumi A'zam” jome masjidi imom noibi Nasrulloh Islomov ana shunday darslarda qatnashib, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga oilaning muqaddasligi, oila mustahkamligining omillari, oilada er va xotinning burch va vazifalari kabi mavzularda ma'ruza bilan ishtirok etib kelmoqda.     

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/09/2019 15:55;   Ko‘rilganligi: 1305
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/bolgusi-kelin-kuyovlar-innovatsion-maktabida-navbatdagi-mashgulot
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 15:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing