Shayx Abdulaziz Mansur yangi lavozimga tayinlandi
2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining mas'uliyatli va sharafli yangi vazifalarida Alloh taboraka taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 12/09/2019 16:27; Ko‘rilganligi: 1171
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 04:28