O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir

 
 

Tarbiya uchun har bir inson mas'uldir

Yoshlarimizni har tomonlama yetuk, sog‘lom va ma'naviyatli qilib tarbiyalashga jamiyatdagi har bir inson mas'uldir. Yosh avlod ong-shuuri, ma'naviyati va madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, o‘zini tutishi, muomalasida aks etadigan turli qusur va illatlar barchamizni hushyorlikka undashi zarur. Bu holatlarga e'tiborsizlik, bepisandlik va sovuqqonlik bilan qarash, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish esa jiddiy oqibatlarga va fojiaga olib kelishi mumkin.

Bulung‘ur tumani “Olomon” jome masjidi jamoasi tumandagi  masjidga yaqin hududdagi kasb-hunar kolleji va maktablar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘ygan.  “Olomon” jome masjidi imom xatibi vazifasini bajaruvchi Abdumannon Murodov o‘quvchi talabalar bilan tez-tez uchrashib,  ularga Ilm o‘rganishning farzligi, Ota-onani e'zozlash, odob - inson ziynati kabi  mavzularda hamda “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida diniy-ma'rifiy mavzularda suhbatlar o‘tkazib kelmoqda. Bu kabi uchrashuvlar o‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazilib, unda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga keraklicha ma'lumot va javoblarni olmoqdalar. Albatta, bu kabi uchrashuvlar ma'naviy axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirishiga xizmat qiladi deb umid qilamiz.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/09/2019 15:57;   Ko‘rilganligi: 1197
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/tarbiya-uchun-har-bir-inson-masuldir
Chop etilgan vaqti: 06/05/2024 18:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing