BMT maxsus ma'ruzachisi Imom Buxoriy majmuasi va Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya 23 sentyabr kuni Samarqandga keldi.
Kunning ikkinchi yarimida mehmonlar Imom Buxoriy majmuasi bilan tanishdi. Mehmonlarni O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari X.Sattarov kutib oldi. Ularga Imom Buxoriyning hayoti va Sahihul Buxoriy hadis to‘plami to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya bilan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari X.Sattarov vakillik tizimidagi masjidlarning faoliyati, mamlakatimizda Islom diniga bo‘lgan e'tiborni va keng ko‘lamda olib borilayotgan islohatlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 20:28; Ko‘rilganligi: 1090
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:53