Долзарб мавзу

YO‘L-HARAKATI XAVFSIZLIGI BORASIDA DINIMIZ TALABLARI

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي شَرَعَ لَنَا مِنَ الْآدَابِ وَالْأَحْكَام

وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذِي كَانَ نَمُوذَجًا لِلْعُلَمَاءِ وَالْعَوَامِّ وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ أجْمَعِينَ،

أَمَّا بَعْدُ.

Dinimiz ko‘rsatmalari inson hayotining hamma jihatini o‘z ichiga qamrab oladi va uning shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab beradi. Musulmon kishi o‘zgalar bilan muomala qilishda chiroyli xulqli bo‘lishi – ayni dinimiz talabidir.

 

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish - barchamizning burchimizdir

Islom dinida musulmonlar uchun berilgan ko‘rsatmalar inson hayotining barcha jihatini o‘z ichiga qamrab oladi va uning shaxsiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘rnini ham belgilab beradi.

 

Zamonaviy hadis ta'limi

Hadis –Qur'oni Karimdan keyin turadigan  ikkinchi manba   hisoblanadi.  Hadis payg‘ambarimiz  Muhammad (s.a.v) aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat.   Hozirgi kunda eng  ishonchli hadislar  to‘plami  Imom  al-Buxoriynig “Sahihi Buxoriy” hadislar  asaridir.

 

Farzandlar – o‘zimizniki!

Bismillahir rahmonir rahim!

«Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!» deb, (Kalomulloh Qur'oni karimning Qalam surasi 4 oyati)da marhamat qilib, makorimi axloqni takomillashtirish uchun yuborilgan Janobi sevimli Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ulug‘lagan Parvardigori olamga behisob hamdu sanolarimiz bo‘lsin!

 

Ayollarning libosi qora rangda bo‘lishi shartmi?

Savol: Men shariatga muvofiq kiyinishim uchun nimalarga e'tibor berishim kerak. Ba'zi muslima ayol-qizlar qora rangli kiyim kiyadilar. Hijob qora rangda bo‘lishi shartmi?

 

"Eng katta niyatimiz - tezroq davo topib, uyga, oilangiz bag‘riga qaytishingiz"

Odamlar har doim bir xil holatda yashamaydi. Alloh taoloning turli sinovlari bo‘lib o‘tishi mumkin. Shunday sinovlardan biri bu bemorlikdir. Qaysi inson berilgan dardga sabrli bo‘lib, Alloh taoloning sinov imtihoniga bardoshli bo‘lsa, gunohlari kechirilib savobga erishadi. Ammo, bu sinovga sabrsizlik qilsa, gunohkor bo‘ladi. Mana shunday hollarda dinimiz mo‘min-musulmonlar o‘rtalarida mehr-muruvvat, o‘zaro hamjihatlik ziyoda bo‘lishi uchun bir-biridan xabar olib turishga chaqiradi.

 

Yangi majmua Imom Buxoriy bobomizning islom olamidagi maqomiga munosib bo‘ladi

Tarixiy tashrif taassurotlari

 Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirish, ilm-ma'rifatini boyitish, milliy g‘ururini o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Imom Buxoriy ta'limotini o‘rgangan yoshlar yomon yo‘lga kirmaydi

Imom Buxoriyning zamondoshlaridan biri Yahyo ibn Ja'far: “Agar qudratim yetsa, Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning umrini ziyoda qilar edim. Mening o‘limim bir kishining o‘limi bo‘ladi. Muhammad ibn Ismoilning o‘limi ilmning ketishidir”, degan edi. Muso ibn Horun Hammol esa: “Menimcha, Islom ahli barchasi jamlanib, Muhammad ibn Ismoilga o‘xshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo‘lishsa, eplay olishmaydi”, degan edilar.

 

Ramazon muborak bo‘lsin!

Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ga cheksiz salovatu salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki, bizni yana hatmi Qur'on, taroveh oyi bo‘lmish muborak Ramazonga yetkazdi. Alloh taolo marhamat qilganidek:

Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur'on nozil qilingan. (Bakara surasi 185-oyat).

 

TAVHIDNI UCHGA BO‘LIB TALQIN QILISH – BID'AT!

Ahli sunna ulamolari ayrim kimsalarning tavhidni uchga bo‘lib talqin qilishlarini botil va qoralangan bid'atdir, deydilar. Chunki Qur'oni karimda ham, hadisi sharifda ham, salafi solihlardan hech birining, shuningdek, e'tiborli ulamolarning tilida ham bu narsa zikr etilmagan. Shubhasiz, bu ish bid'at bo‘lib, zamonamizning mushabbihalari[1] tomonidan o‘ylab topilgan. Ular bid'atga qarshi kurashishni da'vo qilsalar-da, tavhidni uchga: uluhiya, rububiya va sifotiyaga bo‘lib talqin qiladilar. Ularning bu taqsimlari asossiz ekaniga dalil shuki, Payg‘ambar alayhissalom: “Insonlar “Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning payg‘ambaridir”, deb shohidlik bermagunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim”, deganlar. U zot bu o‘rinda Allohni tavhidning uch qismiga ko‘ra yagona deb e'tiqod qilmagunlarigacha, demadilar. Mazkur hadis mutavotir[2] bo‘lib, uni Payg‘ambar alayhissalomdan bir guruh sahobalar, jumladan jannat bashorati berilgan o‘n nafar sahoba ham rivoyat qilgan. Imom Buxoriy uni o‘zining “al-Jomi' as-sahih” asarida ham keltirgan.

[1] Xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta'limot vakillari.

[2] Odatda, yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e'tirof etilgan darajadagi ko‘pchilik kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing