O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ramazon muborak bo‘lsin!

 
 

Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ga cheksiz salovatu salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki, bizni yana hatmi Qur'on, taroveh oyi bo‘lmish muborak Ramazonga yetkazdi. Alloh taolo marhamat qilganidek:

Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur'on nozil qilingan. (Bakara surasi 185-oyat).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasi (farz ekanini) tasdiqlab uni savob umidida , Alloh uchun xolis tutsa, oldingi gunohlari kechiriladi” deganlar (Imom Buxori rivoyati).

Hadisi qudusiyda bunday deyiladi Alloh taolo “Odam bolasining hamma ishi o‘zi uchundir. Uning savobini o‘zim bilib beraman “ deb marhamat qilgan.(Imom Buxoriy rivoyati).

Ro‘za arab tilda Savm deyiladi. Uning lug‘aviy ma'nosi o‘zini tiyish degani. Shariy istilohda esa muborak Ramazon oyida tong otgandan to quyosh botguncha niyat bilan ovqat yemaslik, ichmaslik, jinsiy yaqinlik qilmaslikdir.

Ro‘za tutish islom dinining besh rukunidan (asosi) biridir. Qur'on va sunnat bilan sobit bo‘lgan Ramazon poklanish oyi. Ya'ni, ro‘zadorda ruhiy, axloqiy tozalanish bo‘ladi sahardan shomgacha yeb ichishdan tiyila olgan odamda sabr-qanoat tuyg‘usi ortadi.

     Irodasi mustahkamlanadi. Xotirjam kishilar tillarini g‘iybatdan, behuda gap so‘zlardan tiyadi. Ko‘ngillaridan hasadu g‘arazni, gina-kuduratni haydaydi. Odamlarga etiborli, rahm-shafqatli bo‘lishga intiladi.

Ramazonda kechalari ibodat qilib chiqmoqlik iymondandir. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi vasalam dedilar: “Kimki ramazon kechalarini, Allohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o‘tkazsa, uning qilgan gunohlari mag‘firat qilinadur” Alloh taolo barchamizning tutayotgan  ro‘zamizni dargohiga husni qabul aylasin.

Choriyeva Marjina - Pastdarg‘om tumani bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 05/04/2021 23:34;   Ko‘rilganligi: 51
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ramazon-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 16/05/2021 14:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing