O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Zamonaviy hadis ta'limi

 
 

Hadis –Qur'oni Karimdan keyin turadigan  ikkinchi manba   hisoblanadi.  Hadis payg‘ambarimiz  Muhammad (s.a.v) aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat.   Hozirgi kunda eng  ishonchli hadislar  to‘plami  Imom  al-Buxoriynig “Sahihi Buxoriy” hadislar  asaridir.

Hadislarda  insonning   kamolga  yetishi uchun  talab  etiladigan insoniy  fazilatlar aks  ettirilgan  bo‘lib,  bular mehr-oqibat  ko‘rsatish,  sahiylik, ochiq ko‘ngillilik,  ota-ona  va  kattalarga,  qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat,  faqir-bechoralarga muruvvat,  vatanga muhabbat,  mehnat va kasb-hunarni  ulug‘lash,  halollik,  poklik,  o‘zaro  do‘stlik,  tinch-totuv  bo‘lish  va  boshqalardan  iboratdir.

   Hozirgi  kunda  hadislarni  o‘rganish   ularning   ma'no  mazmunini  anglash,  hamda  kelajak  avlodga  yetkazish uchun  dunyoda  turli  xildagi  islomiy davlatlarda  zamonaviy  hadis  maktablari,  unversitetlari  tashkil  qilingan.        

Zamonaviy  hadis  maktablarida   faqatgina   hadis  ilmini   o‘rganish  bilan  cheklanib  qolmasdan   diniy va  dunyoviy  bilimlar   ham  o‘rganib  boriladi.   Zamonaviy  hadis  maktablarini tashkil qilish va  ularga   o‘quv  reja tuzish  uchun  dunyodagi   Zamonaviy    Islom maktablari  va  Islom oliygohlarining  ta'limiga  asoslangan  holda diniy  va   dunyoviy fanlar  uchun o‘quv  rejalar  tuziladi. Bundan  asosiy  ko‘zlangan  maqsad  shuki  talabalarga  diniy  va  dunyoviy bilimlar  berish hamda  diniy  va  dunyoviy  qarashlarni o‘rgatishdan  iboratdir.

Zamonaviy  hadis maktablarida o‘tiladigan  diniy  fanlarga  misol  qilib;    Qur'oni  Karim,   Fiqx,  Arab tili, Tafsir, Aqoid, Islom  tarixi, Usulul fiqh  cingari  fanlar  o‘tiladi.  Dunyoviy  fanlarga   misol  qilib  tarix,    falsafa,    xorijiy tillar, jismoniy  tarbiya, pedagogika, psixologiya  va  jahon mumtoz adabiyotlari   cingari fanlar  o‘tiladi.

Zamonaviy  Hadis  maktablari ham  diniy  va  ham  dunyoviy  holda jihozlangan  bo‘lib,  darslar  zamonaviy  texnalogiyalar yordamida  o‘tiladi.  Darslar o‘tish metodikasi  dunyodagi  mashhur  Islom univercitetlardan:      Micr  arab Respublikasidagi  Al-Azxar  universiteti, Mavritaniyadagi hadis ilmi  mutahassiclar  tayyorlash markazi, Turkiyadagi  Marmara univerciteti va Pokistondagi Dorul ulum universitetlarining    ta'lim  tizimiga  asoslangan  holda  dars o‘tiladi.

   Vatanimiz O‘zbekistonda ham  zamonaviy   hadis ilmi   maktabi tashkil etilgan.  Bu  maktabning  tashkil etilishini  maqsadi  ulug‘  ajdodlarmizga  munosib  farzand  bo‘lish  va   ularning   merosini  asrab  avaylash  va  kelejak  avlodga  yetkazishdir.  Ulug‘  ajdodlarmizdan  Imom al-Buxoriyning  “Sahihi Buxoriy” hadislar  to‘plami Qu'roni  Karimdan  keying   2  o‘rinda turadigan  manba  hisoblandi.

    Hadis ilmi maktabida    dininy   va  dunyoviy   bilimlar  beriladi.  Dininy fanlardan: Qur'oni  Karim,   Fiqx,  Arab tili, Tafsir, Aqoid, Islom  tarixi, Usulul fiqh  singari  fanlar  o‘tiladi.  Dunyoviy  fanlarlardan:   rus  tili, ingliz  tili, ma'naviyat, O‘zbekiston  tarixi   fanlari o‘tiladi. Diniy bilimlar amaliy mashg‘ulot  sifatida  o‘tilsa, dunyoviy  bilimlar  esa amaliy  usulda o‘tiladi.

     O‘zbekistondagi  Hadis  ilmi  maktabining o‘qitish  metodikasi  dunyodagi  mashhur  Islom  dini bo‘yicha  ta'lim  beriladigan  unvesitetlarning  ta'lim  tizimi asosida yaratilgan.

      Hadis ilmi  maktabida  Oliy ma'had, madrasa mudarrislari hamda imom-xatiblardan iborat   o‘qituvchilar,    xalqaro oliy gohlarda  tahsil olgan ustozlar va  Xorijdan   kelgan mutaxassislar  dars beradi.

Nazarov Furqat Jomboy tuman "Shayx Xudoydodi Vali"jome' masjidi imom xatibi  


Kiritilgan vaqti: 02/06/2021 10:25;   Ko‘rilganligi: 1054
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/zamonaviy-hadis-talimi
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 23:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing