Zamonaviy hadis ta'limi
Hadis –Qur'oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat. Hozirgi kunda eng ishonchli hadislar to‘plami Imom al-Buxoriynig “Sahihi Buxoriy” hadislar asaridir.
Hadislarda insonning kamolga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular mehr-oqibat ko‘rsatish, sahiylik, ochiq ko‘ngillilik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘stlik, tinch-totuv bo‘lish va boshqalardan iboratdir.
Hozirgi kunda hadislarni o‘rganish ularning ma'no mazmunini anglash, hamda kelajak avlodga yetkazish uchun dunyoda turli xildagi islomiy davlatlarda zamonaviy hadis maktablari, unversitetlari tashkil qilingan.
Zamonaviy hadis maktablarida faqatgina hadis ilmini o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan diniy va dunyoviy bilimlar ham o‘rganib boriladi. Zamonaviy hadis maktablarini tashkil qilish va ularga o‘quv reja tuzish uchun dunyodagi Zamonaviy Islom maktablari va Islom oliygohlarining ta'limiga asoslangan holda diniy va dunyoviy fanlar uchun o‘quv rejalar tuziladi. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad shuki talabalarga diniy va dunyoviy bilimlar berish hamda diniy va dunyoviy qarashlarni o‘rgatishdan iboratdir.
Zamonaviy hadis maktablarida o‘tiladigan diniy fanlarga misol qilib; Qur'oni Karim, Fiqx, Arab tili, Tafsir, Aqoid, Islom tarixi, Usulul fiqh cingari fanlar o‘tiladi. Dunyoviy fanlarga misol qilib tarix, falsafa, xorijiy tillar, jismoniy tarbiya, pedagogika, psixologiya va jahon mumtoz adabiyotlari cingari fanlar o‘tiladi.
Zamonaviy Hadis maktablari ham diniy va ham dunyoviy holda jihozlangan bo‘lib, darslar zamonaviy texnalogiyalar yordamida o‘tiladi. Darslar o‘tish metodikasi dunyodagi mashhur Islom univercitetlardan: Micr arab Respublikasidagi Al-Azxar universiteti, Mavritaniyadagi hadis ilmi mutahassiclar tayyorlash markazi, Turkiyadagi Marmara univerciteti va Pokistondagi Dorul ulum universitetlarining ta'lim tizimiga asoslangan holda dars o‘tiladi.
Vatanimiz O‘zbekistonda ham zamonaviy hadis ilmi maktabi tashkil etilgan. Bu maktabning tashkil etilishini maqsadi ulug‘ ajdodlarmizga munosib farzand bo‘lish va ularning merosini asrab avaylash va kelejak avlodga yetkazishdir. Ulug‘ ajdodlarmizdan Imom al-Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” hadislar to‘plami Qu'roni Karimdan keying 2 o‘rinda turadigan manba hisoblandi.
Hadis ilmi maktabida dininy va dunyoviy bilimlar beriladi. Dininy fanlardan: Qur'oni Karim, Fiqx, Arab tili, Tafsir, Aqoid, Islom tarixi, Usulul fiqh singari fanlar o‘tiladi. Dunyoviy fanlarlardan: rus tili, ingliz tili, ma'naviyat, O‘zbekiston tarixi fanlari o‘tiladi. Diniy bilimlar amaliy mashg‘ulot sifatida o‘tilsa, dunyoviy bilimlar esa amaliy usulda o‘tiladi.
O‘zbekistondagi Hadis ilmi maktabining o‘qitish metodikasi dunyodagi mashhur Islom dini bo‘yicha ta'lim beriladigan unvesitetlarning ta'lim tizimi asosida yaratilgan.
Hadis ilmi maktabida Oliy ma'had, madrasa mudarrislari hamda imom-xatiblardan iborat o‘qituvchilar, xalqaro oliy gohlarda tahsil olgan ustozlar va Xorijdan kelgan mutaxassislar dars beradi.
Nazarov Furqat Jomboy tuman "Shayx Xudoydodi Vali"jome' masjidi imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 02/06/2021 10:25; Ko‘rilganligi: 1067
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 04:38