Maqolalar

Xadichai Kubro madrasasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993 yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998 yil 15 iyuldagi majlis qarori asosidagi № 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti nomi ostida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

 

Ilmning fazli amal bilan bo‘ladi

Islom dini insonlarga ilmi orqali o‘rnak bo‘lishga chaqiradi. Komillikka olib boruvchi ilmni o‘rganib, uni amali ila fazlatli qilish ulug‘lar yo‘lidir. “Olimning siyohi g‘oziyning qonidan afzaldir”, degan hikmat bor.

 

BUZG‘UNCHI ISLOHOTCHILAR

Asosiy qonunimizda vijdon erkinligi kafolatlanadi. Muborak haj va umra safarini ixtiyor etganlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Masjid va madrasalar soni ehtiyojga yarasha ko‘paytirildi. Afsuski, bu ne’matlardan foydalana turib, noshukrlik qiladigan, g‘animlarimiz nog‘orasiga o‘ynaydigan, o‘z yurtiga qarata tosh otadigan nobakor shaxslar ham yo‘q emas. Ayniqsa, dunyoning turli davlatlarida bo‘lgani kabi bizning mamlakatimizda ham turli ekstremistik, aqidaparast va mutaassib oqimlarning botil aqidalariga ergashib, zalolat botqog‘iga botib qolgan kimsalarning borligi kishini ranjitadi. Vaholanki, Islom ta’limoti buzg‘unchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishni qattiq qoralaydi.

 

Ustoz ehtiromi farovon hayot garovi

Yurtimiz istiqlolga erishgach xalqimizning o‘z sha’n va shu’uri qaytarib berildi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida ham bir qancha ijobiy siljishlarga erishildi. Ko‘plab ilm dargohlari ta’mirlandi va ularning qatoriga yangilari qurib bitkazilib, xalqimiz farzandlariga yuksak darajada bilim olishlari uchun taqdim qilindi.

 

O‘Z JONIGA QASD QILISH TUBANLIKDIR

Mashhur sahobiy Abu Hurayra r.a.dan shunday rivoyat qilinadi: Payg‘ambar s.a.v. dedilar: “Musulmon kishiga yetadigan har bir dard; qiyinchilik, musibat, qayg‘u-alam, ozor yoki g‘am va hatto unga kirgan tikan sababli ham Alloh taolo uning xatolarini kafforat qiladi”.

 

Ayolning itoati - oxirot saodati

Ayolning eriga itoat qilishi – uning eri oldidagi Qur’oni karim va sunnati sharif asosida bayon qilingan burchlari orasida birinchisi hisoblanadi. Bu burchlarni erkaklar emas, Alloh taoloning shariati belgilagan.

Ayolning eriga itoat qilishi – shariatga itoat qilishidir. Shu jihatiga ko‘ra, shariatga xilof ishlarda ayolning eriga itoat qilmaslikka to‘la haqqi bor. Alloh taolo Qur’oni karimning “Niso” surasida bunday marhamat qiladi:

 

Porloq kelajagimizdan umidimiz ulkan!

Bugungi o‘tayotgan kunlarimizga razm solib boqsak har bir tongi otayotgan kunimiz har bir quyoshi botayotgan tunimiz tinch osoyishta va shuning bilan birgalikda olamshumul o‘zgarishlarga boy bo‘lmoqda. Xalqimiz yaxshi niyatli xalq. Doimo yaxshi kunlarni, go‘zal orzu xavaslarni ilinjida yashaydi. Xonadonida yangi chaqaloq dunyoga kelishi bilan, bu xursandchilik bayramga aylanadi. Bu sevinch tantanasi uning iqboli, kelajakda o‘z o‘rnini topib, jamiyatda munosib inson bo‘lib yetishishi kabi shirin tashvishlar bilan bog‘lanib ketadi. Bir so‘z bilan aytganda bizning xalqimiz ana shunday bolajon xalq. Nafaqat bolajon balki, otajon, onajon xalqmiz desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Istiqlol qadri

Mustaqillik to‘g‘risida gapirganda uning mazmunini terang anglamog‘imiz, maddohlikka berilmasdan tarixiy ildizlarini anglab yetishimiz, anglash barobarida uning qiymatini, kadrini idrok etishimiz va albatta undan bahra olishimiz, bahramand bo‘lish barobarida esa saboq ola bilishimiz, ibrat ola bilishimiz kerak.

 

QURBONLIK FAZILATI

Islom dinining moliyaviy ibodatlaridan bo‘lgan Qurbonlik Buyuk Allox taoloning ne’matlari uchun shukr etishimiz va uning yulida fidokorlik qilishimizning bir nishonasidir. Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashkari, ayni vaktda uning axloqiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatlari ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham islomdagi o‘zaro ijtimoiy yordamlashishning guzal bir namunasini tashkil etadi.

 

QO‘SHNICHILIK ODOBLARI

Bismillohir rahmonir rahim

Muqaddas islom dini insonlarni o‘zaro bir-birlari bilan do‘stlikda, hamjihatlikda, mehr-oqibatda yashashga targ‘ib qiladi. Bu bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida ahillik, do‘stlik, hurmat-izzat kabi axloqiy fazilatlar kamol topib, jamiyat taraqqiyoti va ravnaqiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligi ta’minlanadi. Shunday aloqalardan biri qo‘shnichilik aloqalaridir. Alloh taolo o‘zining kalomi bo‘lgan Qur’oni karimda bunday deb marhamat qiladi: “Allohga ibodat qilingiz va unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shniyu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi(musofir)ga va qo‘l ostingizdagi(qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”,(Niso, 36).

 

Zulhijja oyining birinchi o‘n kunligini fazilati

Allohning fazli va rahmati yog‘iladigan toat-ibodat mavsumlaridan biri Zulhijja oyining birinchi o‘n kunligidir. Bu muborak kunlar har bir mo‘min-musulmon uchun yanada ko‘proq solih amallar qilib, Allohga yanada yaqinlashish uchun bir fursatdir. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga bu kunlarning dunyodagi eng fazilatli kunlar ekanini bildirib, unda solih amallar qilib qolishga targ‘ib qilganlar. Bu haqda Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh uchun ushbu o‘n kunlikda qilinadigan solih amallardan ko‘ra sevimliroq amal yo‘qdir”, dedilar. Shunda: “Yo, Rasululloh, Alloh yo‘lida jiddu-jahd qilish ham-mi?” deb so‘raldi. U zot: “Ha, Alloh yo‘lida jiddu-jahd qilish ham dedilar (Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Dorimiy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

 

Vatan haqida she’r

Ey Vatan mushfiqu jonim ona derlarmu sani

Malhamim tuprog‘i doru jona derlarmu sani

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing