Axborot xizmati

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimi tashkil etildi.

Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 

Yangi masjidlar ko‘paymoqda

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar diniy sohani ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Bular haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday yangiliklardan biri bu “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlaridir. Masjid 1996 yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. U ikki yuz kishiga mo‘ljallangan edi. Hozir jamoat va homiylar ko‘magi bilan qo‘shimcha yangi masjid binosi qurilmoqda. Bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng ming kishi o‘z ibodatlarini shinam masjidda ado etish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishlarning borish jarayoni, namozxonlar bilan suhbatlashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi bugun “Domla Kamoliddin” jome masjidida bo‘ldi.

 

“Domla Kamoliddin Oxun” masjidida o‘zgarishlar kutilmoqda

Viloyat vakilligi o‘z oldiga markazdan uzoq, chekka hududlarda joylashgan majidlar bilan tanishish, namozxonlar bilan uchrashish kabi vazifalarni qo‘ygan. Shunga asosan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumanidagi “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidida bo‘ldi.

 

Muborak maskanlar ziyorati

Samarqand viloyatidan 244 nafar Umra ziyoratini ado etayotgan yurtdoshlarimiz bugun Makkai mukarrama shahridagi Arafot, Mino, Muzdalifa, Jamarot vodiylari hamda Savr, Nur tog‘larini, Hiro g‘orini ziyorat qilishmoqda. Makkai mukarrama va Madinai munavvara tuproqlarining har qarichiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarning qadamlari tekkan. Bu shaharlarning ko‘p o‘rinlarida ilohiy vahiy nozil bo‘lgan. Shu sababli, ziyëratchilar bu joylarni ziyërat qilib, iloji boricha ko‘proq duo va zikrlar qilishga harkat qilmoqda.

Alloh taolo ziyoratchilarmizning ajru mukofotlarini ziyoda qilsin!

 

Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashdi​

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 2 fevral kuni Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Bu haqda Pompeo Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda diniy rahbarlar bilan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida suhbatlashdik. Hukumat tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va O‘zbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman», — deb yozdi Pompeo.

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo—AQSH» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Manba: hidoyat.uz

 

Viloyat bosh imom-xatibi masjidlar faoliyati bilan tanishdi

Masjidlar faoliyati, kuz-qishgi mavsumdagi holati, namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Samarqand shahrida joylashgan “Namozgoh” va  “Xo‘ja Nisbatdor” masjidlarida bo‘ldi. Masjidlarning holati, tozalik, obodonlashtirish ishlari, xonaqohning issiqligi, tahoratxonalardagi sharoitlar bilan tanishgan viloyat bosh imom-xatibi masjidlar faoliyatini yanada takomillashtirish, namozxon va ziyoratchilar uchun yanada qulayliklar yaratish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalarini berdi.

 

Imom Moturidiy faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Joriy yilning 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

 

Viloyat bosh imom-xatibi Paxtachi tumanida bo‘ldi

Paxtachi tumani bilan Samarqand viloyati markazining orasidagi masofa 130 km tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda 12 ta jome masjid faoliyat yuritmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov markazdan uzoqda joylashgan masjilarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, namozxonlar bilan suhbatlashish maqsadida bugun, Paxtachi tuman “Toshko‘prik” masjidida juma namozini o‘qidi. Bosh imom-xatib jamoatga “Ilmli yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ma'ruza qilar ekan, yoshlarimiz tarbiyasi va kelajagiga ota-onaning mas'ul ekanligi, yurt tinchligi va obodligiga hissa qo‘shadigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishishlarida ota-onalarning o‘rni, bugungi kunlarga shukronalik keltirish, mamlkatamizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham to‘xtalib o‘tdi.

 

Samarqand shahrida yangi masjid qad rostlamoqda

Namozxonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish, ularni juma va iyd namozlari chog‘ida yog‘ingarchilik va quyoshning issiq taftidan himoyalash maqsadida Samarqand shahridagi “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidida yangi masjid binosi qurilmoqda. Hashar, xayriya yo‘li bilan bino bo‘layotgan masjid zamonaviy va milliy me'morchiligimiz an'analari uyg‘unlashgan holda qad rostlaydi. Hozir masjidning asos qismida ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, bu joyda bir vaqtning o‘zida yuz kishiga xizmat ko‘rsatadigan tahoratxona, xizmat xonalari hamda kutubxona binosining qurilishi yakunlangan. Ushbu binoda pardozlash, jihozlarni o‘rantish ishlari olib borilayapdi. Yaqin oylar ichida tahoratxona foydalanishga topshiriladi. Keyinchalik tahoratxonadagi o‘rinlar sonini yanada ko‘paytirish uchun imkoniyat mavjud. Mamlakatmizda ziyorat turizmiga katta e'tibor qaratilayotganligi munosabati bilan “Xo‘ja abdu Darun” ziyoratgohiga ham ko‘plab xorijlik mehmonlarning tashrifi kuzatilmoqda. Shu bois binodan ayollar uchun ham alohida tahoratxona o‘rin olgan.

 

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi – mamlakatda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Samarqand viloyatida bo‘lib, uzoq, chegara oldi maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Samarqandliklar Islom Karimovni yod etmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda.

Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan va ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida ham xalqimizning buyuk farzandi yod etilmoqda.

Bugun erta tongda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va jamoatchilik vakillari ishtirokida shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi.

Manba: Zarnews.uz 

 

239 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi

Bugun 239 nafar samarqandlik muborak “Umra” ziyoratini ado etish uchun Samarqand shahridan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

 

Imom-xatiblar Murojaatnomaning mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘z munosabatlarini bildirdi

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib va imom noiblari Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasini mazmun-mohiyati bilan yanada yaqinroq tanishish uchun yig‘ilgan edi. Yig‘ilganlar dastlab, murojaatnomaning video yozuvini qaytadan tomosha qilib, tingladilar. Shundan so‘ng Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyev so‘zga chiqib, Murojaatnomaning har bir bandi bo‘yicha tushuncha berdi. Xususan, Muhtaram Prezidentimizning mazkur yig‘ilishda diniy bag‘rikenglik, jamiyatda millatlararo totuvlik ishlari, bu borada 30 iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan yurtimizda birinchi marta “Do‘stlik haftaligi”ni va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish haqidagi takliflari, Mamlakatimizda “jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish, joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiyning hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etilishi bo‘yicha bildirgan fikrlari, Imom Buxoriy bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini mutlaqo yangi loyiha asosida qayta barpo etish ishlarini, shuningdek, buyuk alloma Bahovuddin Naqshband bobomizning 700 yillik tavallud ayyomini yuqori saviyada o‘tkazish haqidagi rejalari, keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosat tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, bilib-bilmay xatoga qo‘l urgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilgani, joriy yilda ham diniy ekstremistik yo‘lga kirib qolganidan chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi bo‘yicha fikrlari atroflicha tahlil qilindi.

 

Bosh imom-xatiblarning Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Respublikamizdagi barcha viloyat, shahar va tuman bosh imom-xatiblarining ikki haftalik malaka oshirish o‘quvlari bugun nihoyasiga yetdi. O‘quv yakunida tinglovchilardan yakuniy test sinovlari olinib, unda yaxshi natija ko‘rsatgan imom-xatiblarga sertifikatlar topshirildi.

Test sinovlari 100 ballik tizimda bo‘lib o‘tdi. Unda eng yuqori ball olganlar markaz rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham bor. U kishi yakuniy test sinovlarida eng yuqori – 100 ballni qo‘lga kiritdilar.

Samarqand viloyat vakilligi xodimlari hamda viloyatdagi barcha diniy soha vakillari nomidan domlani muborakbod etamiz. Muqaddas dinimiz, musulmonlar xizmati hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bundan buyon ham o‘z bilim va malakasi bilan hormay-tolmay ximzat qilishida Alloh taolodan kuch-quvvat ato etishini so‘raymiz.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing