O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

239 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi

 
 

Bugun 239 nafar samarqandlik muborak “Umra” ziyoratini ado etish uchun Samarqand shahridan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

 Ziyoratchilarga viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Xayrullo Sattorov  va Samarqand shahar bosh imom–xatibi N.Islamovlar ziyoratchilarimizga Umra amallari, safar odoblari haqida tushunchalar berib, ularning haqlariga duo qildilar.

 

Ziyoratchilar bugun 18:00 da “Toshkent-Jidda” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib, Madina shahriga yetib borishadi va bir necha kundan so‘ng  Makkai mukarramaga yo‘l oladilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/01/2020 10:53;   Ko‘rilganligi: 853
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/239-nafar-samarqandlik-umra-ziyoratiga-yol-oldi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 03:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing