O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi Paxtachi tumanida bo‘ldi

 
 

Paxtachi tumani bilan Samarqand viloyati markazining orasidagi masofa 130 km tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda 12 ta jome masjid faoliyat yuritmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov markazdan uzoqda joylashgan masjilarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, namozxonlar bilan suhbatlashish maqsadida bugun, Paxtachi tuman “Toshko‘prik” masjidida juma namozini o‘qidi. Bosh imom-xatib jamoatga “Ilmli yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ma'ruza qilar ekan, yoshlarimiz tarbiyasi va kelajagiga ota-onaning mas'ul ekanligi, yurt tinchligi va obodligiga hissa qo‘shadigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishishlarida ota-onalarning o‘rni, bugungi kunlarga shukronalik keltirish, mamlkatamizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham to‘xtalib o‘tdi.

Z.Eshonqulov shuningdek, masjidda namozxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, masjid imom-xatibi Eshnazarov Shermuhammad domlaning e'tirofi bilan  masjid qorovuli Karimov Nuriddinning tahoratxonada namozxonlar uchun barcha sharoitlarni hozirlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Shu kunning o‘zida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Paxtachi tuman markazida yangidan qurilayotgan “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Yangi masjid 1200 nafar namozxonni sig‘dirish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda masjid binosi to‘liq barpo qilingan bo‘lib, unda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida yana bir yangi masjid binosi namozxonlar ixityoriga topshiriladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/01/2020 17:23;   Ko‘rilganligi: 1443
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-paxtachi-tumanida-boldi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 23:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing