O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand shahrida yangi masjid qad rostlamoqda

 
 

Namozxonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish, ularni juma va iyd namozlari chog‘ida yog‘ingarchilik va quyoshning issiq taftidan himoyalash maqsadida Samarqand shahridagi “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidida yangi masjid binosi qurilmoqda. Hashar, xayriya yo‘li bilan bino bo‘layotgan masjid zamonaviy va milliy me'morchiligimiz an'analari uyg‘unlashgan holda qad rostlaydi. Hozir masjidning asos qismida ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, bu joyda bir vaqtning o‘zida yuz kishiga xizmat ko‘rsatadigan tahoratxona, xizmat xonalari hamda kutubxona binosining qurilishi yakunlangan. Ushbu binoda pardozlash, jihozlarni o‘rantish ishlari olib borilayapdi. Yaqin oylar ichida tahoratxona foydalanishga topshiriladi. Keyinchalik tahoratxonadagi o‘rinlar sonini yanada ko‘paytirish uchun imkoniyat mavjud. Mamlakatmizda ziyorat turizmiga katta e'tibor qaratilayotganligi munosabati bilan “Xo‘ja abdu Darun” ziyoratgohiga ham ko‘plab xorijlik mehmonlarning tashrifi kuzatilmoqda. Shu bois binodan ayollar uchun ham alohida tahoratxona o‘rin olgan.

Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov ushbu masjidda bo‘lib qurilish ishlari bilan tanishdi. Ish jarayonini ko‘zdan kechirgan viloyat bosh imom-xatibi bu joyga tashrif buyuruvchi namozxon va ziyoratchilar uchun yanada qulayliklar yaratish yuzasidan o‘zining ko‘rstma va tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng masjid qavmi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/01/2020 15:34;   Ko‘rilganligi: 1287
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahrida-yangi-masjid-qad-rostlamoqda
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 00:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing