Axborot xizmati

Dillarga xursandchilik ulashish - har bir inson uchun huzurbaxsh amaldir.

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizning bir qancha shaharlarida eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan shaxslar bilan diniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is'hoqi Vali” jome masjidida ham ilk bor shu kabi tadbir o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng haftaning har dushanba va payshanba kunlari eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan bunday insonlarning siniq ko‘ngillarini ko‘tarib, dillariga xursandchilik ulashish, ularning dinimizni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlash, bu boradagi ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlash, Islom dinining insonparvar g‘oyalarini targ‘ib qilish va shu orqali yot g‘oyalarga barham berish maqsadida ushbu tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Masjid imom xatibi Yo.Mansurov yig‘ilganlarga Islom dinining asoslari, odob va axloq mezonlari, ilm-ma'rifat tushunchasi kabi mavzularda ma'ruzalar bilan chiqish qilmoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limining ko‘magi bilan monitor orqali yozib olingan juma ma'ruzasining surdo tarjimasi tadbir ishtirokchilariga namoish etilmoqda. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Vaqf” xayriya jamoat fondi va uning Samarqand viloyati bo‘limi tadbir ishtirokchilariga barcha sharoitlarni yaratib berishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Fond faoliyatiga bag‘ishlangan ma'lumotlar joylashtirilgan yillik taqvim va boshqa sovg‘alar tadbir qatnashchilariga sovg‘a sifatida taqdim etildi.

 

Oilalarni mustahkamlash - jamiyat tarqqiyotining asosidir

Samarqand shahrining Yoshlar saroyida viloyat xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Oilalarni mustahkamlash – jamiyat tarqqiyotining asosidir” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, oila institutini yanada mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni ta'minlash, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishni ta'minlashga qaratilgan.

 

Oltin silsilaning birinchi dovoni

Tarixiy va milliy qadriyatlarga boy yurtimizning Islom olamidagi yuksak o‘rni va nufuzi hech bir musulmonga sir emas. Ayniqsa, bu yurtdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning islom ta'limotlari, xususan, hadis ilmini shakllantirish va rivojlantirishdagi xizmatlari butun dunyoda tan olingan. Islom dini va madaniy-ma'naviy merosga e'tibor qaratilayotgan bugungi kunda O‘zbekiston zaminida o‘z dini va ma'naviy an'analariga mehr va sadoqat, tarixiy merosni asrab avaylash bo‘yicha ajoyib tajriba maktabi shakllanmoqda. Xabaringiz bor marhum ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va tarjimonlar guruhi butun Islom olamida eng sahih hadis to‘plamlari deb e'tirof qilingan to‘qqiz mo‘tabar kitobdan iborat “Oltin silsila” rukni ostida ilmiy asosga ega, barcha shartlarga amal qilgan holda ulamolar hay'ati ijrosida izohli tarjima qilinishini yo‘lga qo‘yib, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlarining “Jome'us sahih” to‘plamiga bag‘ishlangan 8-juzdan iborat izohli tarjimaning 5 juzi “Hilol nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan edi. Ushbu xayrli ishning davomi o‘laroq asarning izohli tarjimasiga bag‘ishlangan “Oltin silsila” kitobining 6-8-juzlari ham nashrdan chiqdi. 2019 yil 17 fevral kuni uning taqdimoti hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari yonida joylashgan jome masjidda bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda yurtimizning yetuk ulamolari, ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning safdoshlari va shogirdlari, “Hilol nashr” nashriyoti rahbari Ismoilxon Muhammad Sodiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyat mudiri Muhammad Ayyubxon Homidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili Zayniddin Eshonqulov, Samarqand “Hadis ilmi maktabi” rektori Olimxon Yusupov va ko‘plab kitob ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida “Oltin silsila” kitobining ijodiy jamoasi tomonidan Imom Buxoriy hazratlari haqqiga ado etilgan Qur'oni karim tilovatining xatmi, Umra ziyorati, qurbonlikning savoblari duo qilinib, u kishining haqlariga bag‘ishlandi. Shu bilan birga “Jome'us sahih” hadislar to‘plami ham to‘liq mutolaa qilinib, unda keltirilgan oxirgi uch hadisi sharif shu tadbir qatnashchilari ishtirokida mutolaa qilinib, yakuniga yetkazildi. Ushbu xatmlar ortidan buyuk alloma va barcha o‘tgan aziz avliyolar, dinimiz, xalqimiz va yurtimiz taraqqiyotga xizmat qilib o‘tganlarning haqlariga duoi xayrlar qilindi.

 

JIZZAXDA SAYYOR YIG‘ILISH

Joriy yilning 13 fevral kuni Jizzax viloyat Zomin tumanida joylashgan “Ma’rifatli” jome masjidida O‘zbeksiton musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbeksiton musulmonlari idorasining masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va O‘MIning joylardagi vakillari qatnashdi. Yig‘ilishda viloyatdagi vakillarning joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Muftiy hazratlari diniy xodimlarning oldida turgan vazifalar, Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, diniy islohotlar haqida gapirib o‘tdilar. Shundan so‘ng peshin namoziga yig‘ilgan jamoat bilan dildan suhbat uyushtirildi.

 

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASINING MAJLISLAR ZALIDA "KATTA LANGAR QUR'ONI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI" MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 12 – 13 fevral kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Usmon Mus'hafi”ning nodir nusxalaridan hisoblangan “Katta Langar Qur'oni”ga bag‘ishlangan “Katta Langar Qur'oni va uning tarixiy ahamiyati” mavzusida ilmiy amaliy seminar va diniy adabiyotlar nashrini tartibga solishga oid muhim tadbir bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ayni damda anjuman o‘z ishini boshlab, mutaxassislar tomonidan mavzuga oid kerakli ma'lumotlar ishtirokchilarga yetkazilmoqda. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy U.Alimov, rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minavarov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakillari ishtirok etmoqdalar.

 

BOSH XATIBLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

5 fevral kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yil yakuni: sarhisob va rejalar

Yana bir yil nihoyasiga yetdi. Ko‘plab rejalar, maqsadlar, orzu-umidlar bilan boshlangan 2018 yil yutuq va muvaffaqiyatlari, o‘z o‘rnida kamchiliklari bilan tarix zarvaraqlaridan joy oldi.

 

Ma’rifat va bag‘rikenglikning amaliy ifodasi

Insonni, avvalo, insonligi uchun hurmat va ehtirom qilish bashariyatning ko‘p ming yillik tarixidan meros bo‘lib kelayotgan olijanob fazilatlarning eng muhimlaridan biri hisoblangan – bag‘rikenglik tushunchasining taqozosidir. Jamiyat kishilari qachonki, yaxshilikni o‘zlari uchun bo‘lishi bilan birgalikda boshqalarga ilinsalargina najot topib, muvaffaqiyat pillapoyalaridan ildam odimlab boraveradilar. Qur’oni karimda bu borada:

 

Imomlarimiz mehnati e’tirof etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Eng ma’rifatli imom – 2018" ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi (20 dekabr, 2018 yil). Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 14 nafar imom-xatib bellashdilar.

 

"Spark" avtomobili yana samarqandlik qizga nasib etdi

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 10-14 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi

 

Samarqandda 1 million tonnadan ortiq uzum va meva yetishtiriladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 9 oktyabrda tasdiqlangan past hosilli, an’anaviy bog‘-tokzorlar, shuningdek, tog‘oldi, lalmi va adir hududlarda intensiv bog‘-tokzorlar maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish dasturiga asosan 2018 yil kuz va 2019 yil bahor oylarida iqtisodiy samara bermayotgan bog‘lar rekonstruksiya qilinadi. O‘rniga yuqori hosil beradigan mevali va tok ko‘chatlari ekilib, intensiv bog‘-tokzorlar barpo etiladi.

 

Mehiribonlik uyida xayriya

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlandi. Bayram munosabati bilan joylarda xayriya tadbirlari ham amalga oshirildi.

 

Imom-xatiblar uchun madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Imom-xatiblarning hududlarda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, millatlar va diniy konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashdagi o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etib keladi.

 

QOMUSIMIZ INSON VA JAMIYAT FAROVONLIGI GAROVIDIR

Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

 

BOSH QOMUSIMIZ - FUQAROLAR UCHUN MUSTAHKAM HIMOYA

Har qanday davlat yoxud jamiyatning huquqiy poydevori bo‘lmog‘i lozim. Zero, bunday poydevor bo‘lmas ekan jamiyat, millat tanazzulga yuz tutadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing