O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda 1 million tonnadan ortiq uzum va meva yetishtiriladi

 
 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 9 oktyabrda tasdiqlangan past hosilli, an’anaviy bog‘-tokzorlar, shuningdek, tog‘oldi, lalmi va adir hududlarda intensiv bog‘-tokzorlar maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish dasturiga asosan 2018 yil kuz va 2019 yil bahor oylarida iqtisodiy samara bermayotgan bog‘lar rekonstruksiya qilinadi. O‘rniga yuqori hosil beradigan mevali va tok ko‘chatlari ekilib, intensiv bog‘-tokzorlar barpo etiladi.

Tumanlarda past hosilli paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan hamda 15sentnerdan past hosil beradigan paxta maydonlari o‘rniga hamda tog‘ va tog‘oldi, adir valalmi erlarga yuqori hosil beradigan mevali va tok ko‘chatlari ekilishini tashkil etishbo‘yicha monitoring yuritiladi.

– Hujjatga asosan 2018 yil kuz va 2019 yil bahor mavsumlarida pakana va yarim pakana (intensiv) bog‘larni barpo etish rejasi ishlab chiqildi, – deydi viloyat qishloqxo‘jalik bosh­qarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Boltayev. – Rejaga asosan kuz va bahor oylarida viloyatimiz tumanlarida 410 gektar yangi tokzorlar va 2264 gektar intensiv bog‘ning 644 gektari paxta va g‘alladan qisqargan maydonlarda barpo etiladi. 2019 yil yakuni bilan mavjud tokzorlarni 34 ming 790 gektarga, hosildorlikni 186 sentnerga yetkazish va viloyat bo‘yicha jami 580 ming 700 tonnaga yaqin uzum yetishtirish maqsadqilingan. Bunga asosan Urgut, Ishtixon, Samarqand, Toyloq, Kattaqo‘r­g‘on, Payariq va boshqa tumanlardagi tokzorlarning ho­sildorligini oshirish orqali erishiladi. 2019 yil oxirigacha 36,5 ming gektar bog‘dan 421 ming tonnadan ortiq hosil olinadi. Bu esa viloyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti, narxlar barqarorligi va ichki bozor ehtiyojini qondirishga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Qolaversa, tumanlardagi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan 689 gektar tokzor hamda 1200 gektar samarasi past bo‘lgan bog‘larni rekonstruksiya qilish ham loyihaga kiritilgan. Bu kabi tadbirlar natijasida viloyatda meva-sabzavotchilikda yuqori hosil yetishtirish imkoni yaratilib, 750 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Ma’lumot O‘rnida: rekonstruksiya qilinadigan tokzorlarda xo‘raki, kishmishbop vasanoatbop uzum navlari, olma, nok, gilos, olxo‘ri, shaftoli, pista yong‘oqningeksportbop navlari ekiladi.

Manba: www.zarnews.uz


Kiritilgan vaqti: 10/12/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1087
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-1-million-tonnadan-ortiq-uzum-va-meva-etishtiriladi
Chop etilgan vaqti: 16/06/2021 20:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing