O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASINING MAJLISLAR ZALIDA "KATTA LANGAR QUR'ONI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI" MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

 
 

Joriy yilning 12 – 13 fevral kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Usmon Mus'hafi”ning nodir nusxalaridan hisoblangan “Katta Langar Qur'oni”ga bag‘ishlangan “Katta Langar Qur'oni va uning tarixiy ahamiyati” mavzusida ilmiy amaliy seminar va diniy adabiyotlar nashrini tartibga solishga oid muhim tadbir bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ayni damda anjuman o‘z ishini boshlab, mutaxassislar tomonidan mavzuga oid kerakli ma'lumotlar ishtirokchilarga yetkazilmoqda. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy U.Alimov, rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minavarov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakillari ishtirok etmoqdalar.

Qur'oni Karimning Yer yuzidagi eng mo‘tabar nusxalaridan biri VIII asr oxirlarida kufiy-hijoziy xatida bitilgan, dunyoga mashhur. “Katta Langar Qur'oni” nomi bilan ataladi, bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanayotgan qo‘lyozmadir.

Seminar o‘z ishini 13 fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida davom ettiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1468
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ozbekiston-musulmonlari-idorasining-majlislar-zalida-katta-langar-quroni-va-uning-tarixiy-ahamiyati-mavzusida-ilmiy-amaliy-seminar-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 17:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing