Maqolalar

Hayot o‘tgan kunlar emas, balki esda qolganlaridir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shunday deganlar:

Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o‘shani olsa ulug‘ nasibani olibdi”(Abu Dardo roziyallohudan Termiziy rivoyati).

 

FITNALAR MUSULMON UMMATI BIRDAMLIGIGA XATAR SOLUVCHI TAHDIDDIR! (Ikkinchi qism)

Islom ulamolari fitna jozibador bo‘lgani sababli unga aralashgan odam chiqib ketishi qiyin bo‘ladi, lekin kishi har qanday og‘ir bo‘lmasin fitnalardan qochishi kerak deb ta'kidlashadi. Asrimizning yetuk olimi marhum Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy fitnaga quyidagicha ta'rif bergan: “Adolat hukmronligi bo‘lmagan, uning tizgini qo‘ldan ketgan, kishilar ixtiyorsiz hamda qoidalarsiz urushga berilib ketadigan har bir holat fitnadir. Xatar va halokatga sabab bo‘lishda barcha fitnalar barobar. Ular Rasululloh (s.a.v.) ta'kidlagan sahih hadislari bilan muolaja qilinadi”.

 

SOXTA SALAFIYLAR “AL-FIQH AL-AKBAR” IMOM ABU HANIFAGA OID EMASLIGINI ISBOTLAY OLMADI!!!

Soxta salafiylar “Fiqhul akbar” Imom Abu Hanifaga oid emasligi” deb atalgan video darsida “Fiqhul akbar” go‘yo Imom Abu Hanifaga oid emasligi borasida 16 ta kitobdan dalil keltirgan. Biroq, ulardan faqat 3 tasigina o‘rta asrlarda yozilgan manbalar. Bittasi esa XIX asr manbasi. Qolgan barcha asarlar, ya’ni 12 tasi XX-XXI asrlarda, ya’ni bizning davrimizda yozilgan. Demak, din dushmanlari bo‘lgan dinsizlar “Fiqhul akbar” Imom Abu Hanifaga oid emas, degan shubhani o‘rtaga tashlagandan keyin chiqqan va aytish mumkinki, ularning ta’sirida bitilgan kitoblar. Shuning uchun, ular e’tibordan soqitdir! 

 

Hanafiya aqidasi moturidiyanomi bilan tanildi

Imom Murtazo Zabidiy (1145-1205 h./1732-1790 m.) “Ithof as-sodat al-muttaqin” asarida naql qiladi [2/14]:

“Imom Abu Hanifa, Abu Yusuf, Muhammad, Zufar va Abu Hanifaning o‘g‘li Hammodlar o‘zlari ilmda peshvo bo‘la turib, muxoliflar bilan kalom ilmi bo‘yicha o‘zlariga yarasha munozara qilganlar.        Shuningdek, Imom Abu Hanifa o‘z zamonida ushbu ummatning mutakallimi bo‘lgan”.

 

FITNALAR MUSULMON UMMATI BIRDAMLIGIGA XATAR SOLUVCHI TAHDIDDIR!

So‘nggi yillarda dunyo hamjamiyatining birgalikda rivojlanish yo‘lida erishayotgan yutuqlari bilan bir qatorda inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga qaratilgan xatti-harakatlarning guvohi bo‘lmoqdamiz.

 

Ekstremizm – mudhish illat

Keyingi yillarda, afsuski, ekstremizm chuqur ildiz otayotgan mudhish illat sifatida dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Jahonning turli burchaklarida ekstremistik o‘choqlar va tashkilotlar paydo bo‘lib, mutaassib a'zolari tomonidan aql bovar qilmas jinoyatlar sodir etilmoqda.

 

Qurbonlikning fazilati va savobi – Qurbonlikning ilk tomchisi tushganida Alloh taolo gunohlarni kechiradi

Alloh taolo uchun jonliq so‘yish Islom dinining shiorlaridan, go‘zal an'analaridan va shariatimiz buyurgan buyuk ishlardan hisoblanadi. Uning hikmat va fazilatlari beqiyosdir. Avvalo bu ish bandani Allohga yaqinlashtiradi. Shu bois ham qurbonlikni sof niyat bilan, Allohga qurbat hosil qilay, Uning roziligini topay, degan pokiza maqsadlarda amalga oshirish lozim.

 

Qurbonlik go‘shtini ulashish – eng maqbul amal

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lgan Qurbon hayiti yaqinlashmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 13 iyuldagi qaroriga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – Qurbon hayiti bayrami kuni deb belgilandi.

 

Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunining fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

:Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi

وَالْفَجْرِ وَلَيَالٍ عَشْرٍ وَالشَّفْعِ وَالْوَتْرِ.

«Tonga qasam. (Zulhijja oyidagi avvalgi) o‘n kechaga qasam. Juft va toqqa qasam» (Fajr 1-3 oyatlar).

 

Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi.

Dunyoda osoyishta muhitni izdan chiqarishga qaratilgan vayronkor g‘oyalarning yangidan yangi shakllari paydo bo‘layotgani har daqiqa ogoh bo‘lishni talab qiladi.

 

AL-FIQH AL-AKBAR IMOM ABU HANIFAGA TEGISHLI EMASMI?

Ahmad ibn Taymiyaning izdoshlari bo‘lmish “salafiy”lar tarafdan ahli sunna val-jamoa aqidasida yozilgan mashhur matn al-Fiqh al-akbar asarini imom A'zam Abu Hanifaga tegishli emas degan iddao ilgari suriladi. Salafiy imom Alboniyga ayni shu mavzuda savol berishadi. U “imom Abu Hanifaning aqidagi doir hech qanday asari yo‘q” deb javob bergan (“Hidoyat va Nur” turkum ko‘rsatuvlari. 52-son).

 

BUGUNGI BUZG‘UNCHI OQIMLARNING ASOSIY DASTAK QILIB USHLAGAN NARSASI NIMA?

Islom dinida tinchlikka va kishilarning osoyishtaligiga rahna soladigan barcha ishlar buzg‘unchilik-fasod ishlardan sanaladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 205-oyatida "Va holbuki, Alloh fasodni xush ko‘rmas" deyilgan.
Terrorchilik va aqidaparastlik begunoh odamlarning qoni to‘kilishiga olib keladi. Muqaddas Islom dinimizda bunday ishlar qat'iy man etilib, Qur'onda "Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi" (Moida, 32) deya qat'iy qoralangan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing