O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BUGUNGI BUZG‘UNCHI OQIMLARNING ASOSIY DASTAK QILIB USHLAGAN NARSASI NIMA?

 
 

Islom dinida tinchlikka va kishilarning osoyishtaligiga rahna soladigan barcha ishlar buzg‘unchilik-fasod ishlardan sanaladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 205-oyatida "Va holbuki, Alloh fasodni xush ko‘rmas" deyilgan.
Terrorchilik va aqidaparastlik begunoh odamlarning qoni to‘kilishiga olib keladi. Muqaddas Islom dinimizda bunday ishlar qat'iy man etilib, Qur'onda "Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi" (Moida, 32) deya qat'iy qoralangan.

Bugungi buzg‘unchi oqimlarning asosiy dastak qilib ushlagan narsasi shuki, ular shariat amallarini to‘la-to‘kis bajarmagan boshqa musulmonlarga nisbatan "qozilikni" da'vo qilib, "munofiq" va "murtad" deb hukm chiqarishdan tap tortmaydilar. Hadisda, "Kimki mo‘min kishini "kofirsan" deb haqoratlasa, go‘yoki uning qonini to‘kkanchalik gunoh qilgan bo‘ladi", deyiladi. Ya'ni, hech bir odamga musulmon insonni "kofir", deb hukm chiqarish huquqi berilmagan.
Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib har bir qadamimizni o‘ylab bosaylik, har qanday g‘oyaga ta'sirlanmasdan, rasmiy jome' masjidi imom-xatiblari bilan maslahatlashaylik!

Bobobek ABDURAXIMOV,
Qoraboy oqsoqol jome' masjidi imom-xatibi.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2021 21:18;   Ko‘rilganligi: 517
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bugungi-buzgunchi-oqimlarning-asosiy-dastak-qilib-ushlagan-narsasi-nima
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 13:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing