Muqaddas dinimiz va ilm-ma'rifat fidoyisi
“Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik”.
Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ashuro kunida qilinadigan eng katta savobli amallar:
1. Ro‘za tutish.
2. Zakot berish.
3. Tirnoqlarini olish.
4. G‘usl qilish.
5. Kasalni ko‘rish.
Prezident Shavkat Mirziyoev 17 may kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
????https://uza.uz/posts/483915
Ulug‘ ziyorat safari oldidan guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi
Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda.
“Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar” nomli kitobi Samarqandlik imom-xatiblarga topshirildi
Xabaringiz bor yaqindagina O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlarining “Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Fitna — sinash, imtihon qilish, aldash, yo‘ldan ozdirish va chalg‘itishdir. “Fitna” deganda biz buzg‘unchilik, maxfiy ravishda zarar yetkazishga urinish, fasod qo‘zg‘ashni tushunamiz.
Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi
Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbir Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Payariq, Pastdarg‘om hamda Jomboy tumanlarida tashkil etildi. O‘quv seminari davomida otinoyilarimiz "Mahallalarda ayollar orasida radikallashuvning oldingi olish va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish", "To‘qima hadis aytishning hukmi. Fatvo berishga kim haqli?", "Ta'ziya marosimiga xos odoblar" kabi dolzarb mavzular bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘ldilar.
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023 YIL 21 APREL KUNI NISHONLANADI
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma'lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
Ulamolardan biri:
Ulamolardan biri:
“Rajab shamolga, sha'bon bulutga, ramazon yomg‘irga o‘xshaydi. Kimki rajab oyida ekin ekmasa, sha'bon oyida uni sug‘ormasa, ramazon oyida qanday hosil oladi?” degan.
Vakilligimiz xodimlari e'tirof etildi
Bugungi kunda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga mamlakatimizda juda ham katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday ekan, bu borada o‘zining beqiyos va beminnat xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari, Samarqand tumani "Xo‘ja Ahrori vali" jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov nomlariga "Xo‘ja Ahrori vali" mahalla faollari tomonidan TASHAKKURNOMA bildirilib, MINNATDORCHILIK XATI yo‘llangan. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Yoqubjon domla nomlariga kelgan ushbu tashakkurnomani o‘qib eshittirar ekanlar, kelgusida bu kabi xayrli va savob ishlarni amalga oshirishda barcha tuman va shahar imom-xatiblari ham o‘z tashabbuslarini ko‘rsatadi, degan umiddamiz-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashriflar amalga oshirildi.
Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblarimiz taqsimot asosida viloyatimizning Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashrif buyurdilar.
Qalblar munavvar etildi
Bugun, “3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironligi bor hamyurtlarimizga VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali bilan hamkorlikda bayram dasturxon tashkil etildi.
Ushbu bayram dasturxoni Samarqand shahridagi “Chorbog‘” majmuasida tashkil qilinib, tadbirda mazkur fuqarolar bilan dildan ma'rifiy suhbatlar qilindi.
Tadbir Qur'on karim tilovati va xayrli duolar ila boshlandi.
"Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Xorazm viloyatidagi "Faxriddin ar-Roziy" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.
SAMARQAND VILOYATI BOSH IMOM XATIBI O‘RINBOSARI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta'lim muasssasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.
Samarqandlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent islom institutiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ULAMOLAR KENGASHI BYOYONOTI (2022 yil 17 noyabr)
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa behad hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.
Muhtaram yurtdoshlar!
Alloh taolo insonni yerdan yaratar ekan, uning zimmasiga yana shu qaytadigan joyi – yerni obod qilish vazifasini yukladi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo‘ydi” (“Hud” surasi 61-oyat). Boshqa oyati karimada: “Yerni yaroqli qilib qo‘ygandan keyin unda buzg‘unchilik qilmangiz!” (“A'rof” surasi 56-oyat), deb keltirilgan. Alloh taolo ushbu ikki oyati karimada yer va uni o‘rab turgan tabiatni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga buyuradi. Shuning barobarida unga zarar yetkazishning har qanday turidan qaytaradi.
Yer va undagi barcha ne'matlarni kelajak avlodga sof holatda yetkazish har bir inson oldidagi muhim vazifalaridandir. Ayniqsa, bu imon-e'tiqodli kishilar qalbida ulkan mas'uliyat hissini oshiradi.
So‘nggi yillarda jahonda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar, afsuski, yurtimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Ro‘y berayotgan chang-to‘zonlar, shuningdek, yog‘ingarchilikning kamayib yoki ko‘payib ketayotgani so‘zimiz tasdig‘idir. Bu holat har bir aqli raso kishini befarq qoldirmasligi turgan gap.
2022 yil 11 oktyabr kuni Prezidentimiz mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ushbu dolzarb masalaga alohida to‘xtalib, daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozimligini ta'kidladilar.
Prezidentimizning jonkuyarlik bilan aytgan bu so‘zlari – ayni haqiqat. Chunki so‘nggi paytlarda aholi orasida atrof-muhitga bepisand, loqayd qarash hollari kuzatilmoqda. Bunday holatlar tobora ko‘payishi natijasida global ekologik muammolar yuzaga kelmoqda.
Muhtaram yurtdoshlar!
Islom dini doimo poklik va ozodalikka chaqiradi.
Avvalo, qalbdan boshlangan poklik ruhu tanimizni, atrof-muhit – yashab turgan vatanimizni ozoda saqlashga chorlaydi. Zero, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Poklik imonning yarmidir”, – deb, bejiz aytmaganlar (Imom Buxoriy va Imom Molik rivoyati). Boshqa hadisi sharifda: “Uylaringiz atrofini pok tutinglar”, – deganlar (Imom Buxoriy va Imom Tabaroniy rivoyati). Yuqoridagi hadislardan ma'lum bo‘ladiki, atrof-muhit pokligi qalb pokligi bilan bevosita uyg‘undir.
Uylarimiz atrofi, ariqlar, ko‘chalar, qabriston va uning atrofini hashar yo‘li bilan tozalash, bo‘sh joylarga ko‘chat ekishdek go‘zal odat qadimdan xalqimiz orasida urf bo‘lib kelgan. Ammo taassufki, so‘nggi paytlarda yurtdoshlarimiz bu qadriyatlardan uzoqlashayotgandek go‘yo.




















