Muftiy hazratlari: Alloh uchun qilingan amal – duo mustajob bo‘lishiga vasiladir
Xabar berganimizdek, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Muftiy hazratlarini Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib olib, safar davomida hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida Muftiy Nuriddin domla hazratlari “Xo‘ja Is'hoqi Vali” masjidida bo‘lib, jamoat bilan peshin namozini ado etdilar.
Taniqli va voiz ulamolar Samarqand shahridagi masjidlarda jamoatga ilmiy suhbat qilib berishmoqda (Fotolavha)
Oldin xabar qilganimizdek, bugun, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi bir guruh taniqli ulamolarning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
Safar davomida taniqli va voiz ulamolar jome masjidlarda ilmiy-ma'rifiy suhbatlar o‘tkazishmoqda, ularda hudud ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etishmoqda.
Quyida ulamolarimiz peshin namoziga Samarqan shahridagi masjidlarga tashrif buyurib, jamoat ilmiy-ma'ruza qilgani aks etgan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
Alloh taolo ulamolarimizning tashriflarini xayrli va manfaatli qilsin!
Muftiy hazrat Samarqand shahridagi "Namozgoh" masjidida juma namoziga yig‘ilgan katta jamoatga "Jannatda Rasululloh alayhissalom bilan bo‘lishni istagan inson" mavzusida go‘zal mav'iza qilib berdilar (Fotolavha)
Muftiy hazrat Samarqand shahridagi "Namozgoh" masjidida juma namoziga yig‘ilgan katta jamoatga "Jannatda Rasululloh alayhissalom bilan bo‘lishni istagan inson" mavzusida go‘zal mav'iza qilib berdilar (Fotolavha)
Ulamolarning Urgut tumani masjidlaridagi ilmiy suhbatlari (Fotolavha)
Xabar qilganimizdek, kecha, 25 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi taniqli va voiz ulamolarning Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi masjidlarga tashrif buyurishdi.
Ulamolarimiz peshina namozidan so‘ng jamoatga ilmiy-ma'rifiy suhbatlar qilib berishdi. Shuningdek, ularda mo‘min-musulmonlarning diniy savollariga batafsil javob berishmoqda.
TANIQLI ULAMOLARNING SAMARQAND SHAHRIDAGI MASJIDLARIGA 25 IYUL DUSHANBA KUNGI TASHRIF REJASI
25 iyul Dushanba kuni yurtimizning bir guruh taniqli va voiz ulamolari Samarqand shahrining masjidlarga tashrif buyurib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib berishadi, jamoat bilan peshin namozini ado etishadi.
Hojilik maqomiga munosib bo‘lish haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda
Shu yil 14 iyul kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida muborak haj ibodatini ado etib yurtimizga qaytish arafasidagi bir guruh ziyoratchilar bilan hojilik maqomi va unga munosib bo‘lish haqida mav'iza qilib berdi.
Suhbat davomida Zayniddin domla har bir ziyoratchi ulug‘ haj ibodatiga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar keltirish, hojilik maqomiga munosib bo‘lish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilishi zarurligini aytdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil qilindi
Bugun, 2022 yil 08 iyun kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 31 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblariva 15 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 31 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Samarqand viloyatidan 13 nafar guruh rahbarlari Haj safariga yo‘l olmoqda.
Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosarlari hamda shu soha mas'ullari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday mashg‘ulotlarning navbatdagisi bugun, 3 iyun kuni vakillik binosida bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov olib bordi. Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, Haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.
Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi boshchiligida tumanddagi olis hududga tashrif qilindi
Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi Sirojiddin domla boshchiligida tumandagi barcha imom-xatiblar birgalikda tumanning chekka hududida joylashgan “Yonbosh” va “Hoji Abdusamat” masjidlariga tashrif buyurdilar hamda masjidlarda olib brilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni MUBORAK BO‘LSIN!
QADRLI VA MUHTARAM AZIZ BOLAJONLAR!
Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.
Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizga ehtirom
Har bir inson yurt farovonligi, obodligi, din, ta'lim, fan va madaniyatning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, Shamsuddin qozi, Jaziriy, Shayx Buxoriy va boshqa ko‘plab mashhur olim va ulamolarni o‘ziga rom qilib olgan buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning 686 yilligi keng nishonlanmoqda.
Kemtik qalblarga xushnudlik ulashish vazifamizdir
Ramazon fazilatlarga boy oydir. Uni g‘animat bilib, iloji boricha ko‘proq ibodatu zikr, tilovatu salovat hamda xayr saxovat, beva-bechoralar ko‘ngliga xursandchilik ulashish va buning sababidan ko‘plab ajru mukofotlarga sazovor bo‘lishimiz darkor.
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Joriy yil 22 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tamonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida muammoli mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimi tashkil qilindi.
Samarqand vioyatida Ramazon oyiga tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar ishtirokida “Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan” tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar, ishtirok etdi.
BUGUN, 10 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ ISHTIXON, OQDARYO VA TAYLOQ TUMANIDAGI MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Bugun, 10 mart kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Ishtixon, Oqdaryo va Tayloq tumanlaridagi masjidlarga tashrif buyurib Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.




















