Paxtachi tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Bugun, 2022 yil 26 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Paxtachi tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblarihamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 28 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Paxtachi tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”,“Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”,“Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Bugun qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Musulmon odam nima qilishi kerak?
Shu yilning 25 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Uning umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda 2 soatdan ziyod davom etadi.Quyosh yuzasining deyarli 82 foizi Oy tomonidan to‘siladi, O‘zbekiston hududidan qaralganda — 68 foizi. Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi.
21 oktyabr—O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin
Aziz va qadrli yurtdoshlar!
Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas'ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim.
Narpay tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Bugun, 2022 yil 18 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 28 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Axloqsiz chalamulla, deyilayotgan shaxs aslida firibgar!
Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida “Kattaqo‘rg‘onlik chala mulla, o‘zini o‘qitishga kelgan ayolga tegajog‘lik qildi” sarlavhali xabar turli bahs-munozalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijada, mazkur shaxs Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, folbinlik, firibgarlik, ichkilikbozlik kabi dinimizda qattiq qoralangan ishlar bilan shug‘ullanadigan F.H. ismli fuqaro ekani ma'lum bo‘ldi.
Umra safari oldidan guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi
Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda.
QOZOG‘ISTONDA DIN YETAKCHILARINING XALQARO QURULTOYI BOSHLANDI
Bugun, 14 kuni Qozog‘istonda Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari VII-Qurultoyi boshlandi. Unda dunyodagi turli din vakillarining rahbarlari, taniqli ulamolar bilan bir qatorda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.
Nufuzli xalqaro anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan din sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, dinga bog‘liq bo‘lgan global va mintaqaviy masalalar muhokama etiladi. Tadbir nihoyasida Qurultoy deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Qurultoyda jahonda ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda diniy ta'limning o‘rni, dinlararo muloqot va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda din peshvolarining o‘rni, jamiyat rivojida ayollarning o‘rni kabi yo‘nalishlarda ma'ruzalar tinglanishi hamda muhokamalar o‘tkazilishi reja qilingan.
Tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.
Shavkat Mirziyoev Samarqandga keldi
Davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Shavkat Mirziyoev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.
QARDOSHLIK MUSTAHKAMLANISHI UMMAT BIRDAMLIGIGA XIZMAT QILMOQDA
Allohga shukrki, tili, dini, an'ana va urf-odatlari bir-biriga o‘xshash o‘zbek va qozoq xalqlari tarixiy taraqqiyotning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro hurmatda, qavmu qarindosh bo‘lib, ko‘p asrlar davomida tinch-totuv hayot kechirib kelmoqda.
Ikki xalq azaldan bir zaminda yashab, bir daryodan suv ichadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: “O‘zbek va qozoq bir-biriga yelkadosh bo‘lib, ahl-inoq yashab kelgan ildizi bir xalqdir”.
XUSHXABAR: DOLZARB VA MUHIM MAVZUDAGI KITOB NASHR ETILDI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli ulamo Homidjon qori Ishmatbekovning navbatdagi dolzarb mavzudagi kitobi nashr etildi.
Muhtaram ustoz Homidjon qori Ishmatbekovning "Islom – ma'rifat dini" deb nomlangan yangi kitobiga muallif tomonidan eng dolzarb mavzularda yozilgan maqolalari jamlangan.
Ustoz Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlarini xotirlab
Vaqt hamma narsani davolaydi, deydilar. Bir odam olamdan o‘tar ekan, ortida qolgan yaqinlarining qalbidagi ayriliq dardi ham yillar o‘tib, yengillashadi. Ba'zilar esa bir necha yillardan so‘ng butunlay unut bo‘lib ketadi. Ammo shunday insonlar borki, ularning vafotidan keyingi sog‘inch vaqt o‘tishi bilan nafaqat unutilmaydi, balki kun sayin kuchayib, borgan sari chuqurlashib boradi.
Samarqand viloyatiga Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin tashrif buyurdi.
Joriy yilning 4 avgust kuni Samarqand viloyatiga Rosssiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin boshchiligida bir qator ko‘zga ko‘ringan Islom dini vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan kutib olindi.
Imom-xatiblar OCHIQ ESHIKLAR kunini o‘tkazadi!!!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tizimida rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha masjidlarda xaftaning har CHORSHANBA kuni "Fuqarolarni qabul qilish kuni" etib belgilandi.
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN CHIQISHLARGA MUNOSABAT
Shu yilning 25 iyulidan e'tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va bir guruh yurtimiz ulamolari Samarqand viloyatida mo‘min-musulmonlar bilan yaqindan muloqot qilish hamda jome masjidlarda namozxonlarga mav'iza qilish maqsadida, ushbu viloyatning turli hududlarida bo‘ldilar.
Mazkur safar davomidagi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, masjid qavmlari ila ma'rifiy suhbatlar hamda xalqimizning diyorimiz imomlari, xususan, Muftiy hazratlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromlari ko‘pchilikni mamnun etdi. Bunday lahzalar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham keng yoritildi (linklarimiz).
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni qabul qildi
O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov qabul qildi. Do‘stona va iliq munosabatlar asosida kechgan suhbat jarayonida mehmonga viloyat bosh imom xatibi mamlakatimizda va xususan Samarqand viloyatida olib borilayotgan diniy sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, jumladan diniy ta'lim, vakillik va imom xatiblar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, masjidlardagi qayta qurish va obodonlashtirish jarayonlari borasida batafsil ma'lumot berdi.




















