Axborot xizmati

Ramazon oyi oldi yig‘ilishi

2017 yil 24 may kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari hamda Xatmi Qur’on o‘tkaziladigan masjid imomlari, xatmga o‘tadigan qorilar ishtirokida Ramazon oyi oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Imom xatiblar faoliyatidan

Ezgulik shiorimiz bo‘lsin

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik kabi illatlardan kishilarni himoyalash, aholini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab quvvatlash ishlarida imom-xatiblarning ham salmoqli hissalari qo‘shilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bugungi kunda ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qo‘lga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani xalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda.

El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:

1. 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uyg‘un tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, totuv va bahamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan savobli amallar va targ‘ibot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev


Toshkent shahri,
2017 yil 19 may

 

AHLI ILM SUHBATI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi islom dini asoslarini puxta o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, o‘rgangan ilmlariga amal qiladigan, dunyo va mintaqada yuz berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy va din bilan bog‘liq murakkab jarayonlar mohiyatini teran idrok etadigan yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashdan iborat.

 

BMT delegatsiyasi Samarqandda

Yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi delegatsiya 11 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

 

XOTIRA VA QADRLASH KUNI NISHONLANDI

2017 yil 4 may kuni Samarqand viloyati vakilligi tomonidan “9-may Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat vakilligi, shahar va tuman bosh imom xatiblari, sohada ko‘p yillar xizmat qilganlar, faxriy imomlar, ikkinchi jahon urishi qatnashchilari, mehnat fronti xizmatchilari ishtirok etdi.

 

OLIS HUDUDLARDA EZGULIK TAFTI

Bugun yurtimizda o‘zgacha jarayon, o‘zgacha holat. Barchaga e’tibor qaratilgan, muammolar bartaraf etishga yo‘naltirilgan, chetda qolib, yolg‘izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muravvat qo‘llari uzatilmoqda.

 

XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

2017 yil 27 aprel kuni Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev tashabbusi bilan “G‘avsul A’zam” jome masjidida “9-may Xotira va Qadrlash kuni” yaqinlashayotgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Ma’rifatli ayollar sog‘lom kelajak asosi (Samarqandda otinoyilar uchun o‘quv seminar)

Ma’lumki, jamiyatning barqaror bo‘lishi, yoshlarning milliy-diniy qadriyatlarga sodiq holda tarbiya topishi, oilalarda sog‘lom muhitni shakllanishida ayollarning o‘rni beqiyos.

 

IMOM XATIBLARNING O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan imom xatib va imom noiblarining fidoiyligi, fuqarolik mas’uliyati va viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolligini oshirish, ularni mazkur yo‘nalishda lozim bo‘lgan ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot darslari viloyatning beshta hududida: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borildi. Viloyat imom xatiblari besh guruhga bo‘lingan holda, o‘zlariga yaqin hududda seminar mashg‘ulotlariga ishtirok etdilar.

 

AHOLI BILAN MULOQOTNI KUCHAYTIRISH DAVR TALABI

Ma’lumki, kishi nimaga intilsa o‘sha narsa unga chinakam baxt bo‘lib tuyuladi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak baxtning rangi, ifori turlicha. Lekin ishonchimiz komilki, baxtlar ichida eng shirini, eng azizi va eng ardoqlisi oilaviy baxtdir.Chunki barchamizning yukinib, talpinib boradigan manzilimiz, xuzurlanadigan va halovat topadigan maskanimiz- bu oilamizdir.

 

Yurtboshimiz Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev viloyatgatashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilinib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari marhum Birinchi Prezidentimizning oxiratlari obod bo‘lishini so‘rab duo qildilar. Keyin Davlatimiz rahbari Islom Karimov dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasida borayotgan ishlar bilan tanishib, loyihani yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

MA’NAVIYAT SOATLARI DAVOM ETMOQDA

2017 yil 13 aprel payshanba kuni viloyatdagi barcha imom xatiblar ishtirokida navbatdagi “ma’naviyat soati” bo‘lib o‘tdi. Shahar va tumanlar kesimida o‘tkazilgan tadbirlarda ma’naviyat targ‘ibot markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari asosiy ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.

 

Bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi

2017 yil 11 aprel kuni Samarqand viloyatida vakilligi hamda shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

IMOMLARIMIZ XALQ BILAN MULOQOTDA

Inson ­­- qadri ulug‘, sha’ni yuksak, manfaati esa har narsadan ustun bo‘lgan mavjudoddir. Dunyodagi barcha narsalar unga xizmat qilish, mushkulini oson etish, umri davomida osuda hayot kechirishini ta’minlash uchun in’om etilgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing