O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kemtik qalblar shod etildi

 
 

Muborak mavlid oyi hamda “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab qator xayriya ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, viloyat imom xatiblari va saxovatpeshalar birgalikda joylarda muruvvat ishlarini o‘tkazishga bel bog‘laganlar. Jumladan:

2 dekabr kuni erta tongdan Samarqand shahar “Xo‘ja Is’hoqi Valiy” jome masjidining doimiy qavmi Abduqodir hoji bobo o‘z nevaralarining to‘yida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 6 nafarining xatna to‘yini o‘tkazib berdi.

Bolajonlarga bosh-oyoq sarpo va har biriga qimmatbaho sovg‘alar berilib, kemtik qalblari xushnud etildi. Sovg‘alar to‘ybolalarga imom domlalar tomonidan ulashildi.

Shuningdek to‘yda mehribonlik uyining barcha tarbiyalanuvchilari mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Abduqodir otaning ushbu xayrli ishi har birimiz uchun katta ibratdir. Zero, hadisi sharifda Sarvari koinot sallallohu alayhi vasallam: “Men va yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi jannatda mana shunday yonma-yon turamiz”, - deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari orasini ochib ko‘rsatdilar”, deyilgan. (Imom Buxoriy rivoyati).

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2213
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kemtik-qalblar-shod-etildi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 21:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing