Bemorlar holidan xabar olindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, viloyat imom xatiblari va saxovatpeshalar birgalikda joylarda qator xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Jumladan:
Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamov hamda “Shohi Zinda” majmuasi rahbariyati tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Riabelitatsiya markazi”da davolanayotgan ko‘plab bemorlar holidan xabar olindi.
Homiylar tomonidan tashkil etilgan ziyofat dasturxoni atrofida yig‘ilgan bemorlar bugungi e’tiborli kun bilan tabriklanib, barchalariga mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilandi.
Tashrif davomida 80 nafar bemorga elektr choynak va sochiqlar ulashildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 03/12/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2236
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 16:22