Axborot xizmati

Imom xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

2017 yil 8 avgust kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida muhim mavzularga yo‘naltirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqandda xatna to‘ylar

2017 yil 6 avgust kuni Samarqand shahrida homiylar tomonidan 47 nafar kam ta’minlangan oilalarni farzandlarining xatna to‘ylari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat vakilligi o‘rinbosari X.Sattarov, homiylar, to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning yaqinlari ishtirok etdilar.

 

YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR

Saxovatpesha, o‘zgalarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan kishilar bor ekan, hayotimiz gullab-yashnayveradi, hech kim mehrga, e’tiborga zoriqmaydi, jamiyatning barcha qatlamlari bugunidan mamnun, ertasining porloq bo‘lishiga ishongan holda maqsadi tomon odimlayveradi.

 

Oilalar mustahkamligi yo‘lida

Oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning debochasi bo‘lmish nikoh marosimi qadimdan xalqimiz orasida ulug‘lanib, alohida ehtimom bilan yondashib kelingan. Bugungi kunda esa oilaga taalluqli barcha jihatlar davlat tomonidan himoyaga olingan va hattoki bosh qomusimizda oilaga doir alohida bob ajratilgan.

 

Indoneziya va Malayziya sayyohlik vakillari Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

2017 yil 31 iyul kuni Indoneziya va Malayziya sayyohlik kompaniya rahbarlari va vakillaridan iborat 120 kishilik sayyohlar guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif mehmonlarning bir kun oldin Buxoro viloyatiga qilgan safarlarining uzviy davomi bo‘ldi.

 

Hajga borishga soliq to‘lash kerak

“Marva tur” haj kompaniyasining matbuot xizmatida xabar berilishicha, qayta haj amalini ado etmoqchi bo‘lganlar uchun Saudiya Arabistoni yangi soliq turini joriy qildi. “2015-2016 yilda haj safariga borganlar bu yil yana Haj safariga bormoqchi bo‘lsalar viza uchun 2000 riyol (535 AQSH dollari) miqdorida soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi”, deb xabar berdi haj kompaniyasi.

 

Rossiya musulmonlari diniy arboblari Samarqandda

2017 yil 26 iyul kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya musulmonlari diniy arboblari delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi.

 

Viloyatimizda yil imomi aniqlandi

2017 yilning 24 iyul kuni Samarqand Davlat universiteti asosiy binosi katta majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjid imom xatiblari va noib imomlari o‘rtasida “Yil imomi - 2017” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellashdilar.

 

Imom Buxoriy majmuasida muborak Xaj-2017 safari munosabati bilan ellikboshilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20 iyul’ kuni Imom Buxoriy majmuasidaHaj-2017” mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlari ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

YIL IMOMI TANLOVI BIRINCHI BOSQICHI NIHOYALANDI

O‘zbekiston musulmonlari idorasining imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida “Yil imomi-2017” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 2017 yil 25 aprel 01A/38-sonli buyrug‘iga asosan viloyatimizda 18-20 iyul kunlari tanlovning birinchi (shahar va tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Viloyatimiz bo‘ylab Yil imomi-2017 ko‘rik tanlovining birinchi (shahar va tuman) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tanlov 18-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Quyida ko‘rik tanlov jarayonlaridan foto lavhalar:

 

Dinlararo muloqot konferensiyasi

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari Germaniyaning Myunster va Osnabryuk shaharlarida samoviy dinlar ulamolari ishtirokida “Terrorizmga qarshi kurash va butun dunyoda tinchlikni saqlash” mavzusida “Dinlararo muloqot” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro Konferensiyani Germaniya kansleri Angela Merkel honim ochib beradi.

 

Oilalar mustahkamligi yo‘lida

Oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning debochasi bo‘lmish nikoh marosimi qadimdan xalqimiz orasida ulug‘lanib, alohida ehtimom bilan yondashib kelingan. Bugungi kunda esa oilaga taalluqli barcha jihatlar davlat tomonidan himoyaga olingan va hattoki bosh qomusimizda oilaga doir alohida bob ajratilgan.

 

O‘zaro hamkorlik hamjihatlik omili

O‘z kalomida "Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling" ("Moida" surasi, 2-oyat), deya marhamat etgan Yaratgan zot, ushbu xitobi bilan bandalariga ko‘plab yaxshiliklarni iroda etgan. O‘zaro yordam ijtimoiy hayotni yuqori darajaga ko‘taradi, jamiyat a’zolarining farovonligini oshiradi, ularning qayg‘u-alamlarini yengillashtiradi. Hamkorlik har bir shaxs va har bir jamiyatning baxtiyor bo‘lishi uchun zarur omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

 

Iydi Ramazon oldi yig‘ilishi

2017 yil 21 iyun kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida Ramazon hayiti oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing