Bayram bayramga ulandi
Ikki kun avval viloyatimizning Urgut tumanida joylashgan tuman “Muruvvat” nogironligi borlar uchun internat uyida yashab davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2 guruh nogironligi bor fuqarolarga tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev tomonidan bayram sovg‘alari ulashilgani haqida xabar bergan edik.
30 dekabr kuni ham imomimiz “Muruvvat” uyiga kelib katta ziyofat tashkil etdi. Bayram dasturxoni atrofida yig‘ilganlarga savg‘alar ulashdi hamda shundog‘ kunlar boisi bo‘lgan tinchligimiz bardavom bo‘lishi, muruvvat uyida yashab davolanayotganlarning barchalari sog‘ayib ketishlarini tilab qoldi.
Ushbu tadbir tuman bosh imom xatibi tomonidan homiylar ko‘magida dekabr oyining o‘zida “Muruvvat” uyiga qilingan uchinchi xayriya yordami bo‘lib, ko‘rsatilgan moddiy ko‘mak qariyb yuz million so‘mni tashkil etadi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 30/12/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 1876
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 16:36