Axborot xizmati

Noyabr Abul Muin Nasafiy ijodini o‘rganish oyligi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan ulug‘ alloma Abul Muin Nasafiy ziyoratgohini obod qilish, ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlaridagi bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan hikmatlarni yosh avlodga yetkazish borasida juda ko‘p ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, Abul Muin Nasafiyning o‘z davrida paydo bo‘lgan aqidaparast oqimlarga qarshi turganlari, sog‘lom e’tiqod borasida tinmay izlanishlar olib borganlari va, muxtasar qilib aytganda, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashganlari bugungi kun uchun juda ham katta ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan allomaning “Tabsiratu adilla” asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, mo‘min-musulmonlarga tuhfa qilindi. Mana shu yo‘nalishdagi ishlarni uzviy davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi tashkilotlarda 2017 yilning noyabr oyini alloma Abul Muin Nasafiy ijodini o‘rganish oyi deb e’lon qilindi.

Shu maqsadda Abul Muin Nasafiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan juma tezislari tayyorlash, “Hidoyat” jurnali, “Islom nuri” gazetasi va internet saytlarida maqolalar e’lon qilish hamda diniy ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazish belgilangan.

 

Mustahkam e’tiqod va katta shijoat belgisi

26 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov bilan hamkorlikda Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqlarida ko‘tarilgan masalalar mazmun-mohiyatini diniy soha xodimlariga chuqurroq yetkazish maqsadida, Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. U yerda ulamolar, olimlar, diniy soha xodimlari va imom-domlalar ishtirokida ushbu mavzu yuzasidan so‘z yuritildi.

 

Anjuman ishtirokchilari Samarqandni ziyorat qilishdi

2017 yilning 20 oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Islom hamjihatligi O‘zbekiston – Ozarbayjon misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari Samarqandda bo‘ldilar.

 

SAMARQAND SHAHRI KUNI

2017 yil 18 oktiyabr kuni Samarqandda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga Amir Temur ordeni berilgan kun munosabati bilan viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi, tashkilot va jamoat birlashmalaridan vakillar qatnashdilar.

 

Imomlarimiz ilmiy-amaliy konferensiyada

2017 yil 18 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Simpoziumlar saroyi”da “Islom hamjihatligi O‘zbekiston – Ozarbayjon misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

 

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Samarqandga tashrif buyurdi

2017 yil 17 oktyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Samarqandga tashrif buyurdi.

 

Oila muqaddas dargoh

Respublikamizda mustaqillik yillarida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

 

TO‘YLARIMIZ - O‘YLARIMIZ

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, to‘y-hashamlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki butun hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma’naviy saviyasi past kimsalar to‘y-hashamlar, ma’rakalarni o‘tkazish bo‘yicha musobaqa o‘ynab, turli-tuman yangi odatlarni o‘ylab topayapdi. Bularni eshitib ba’zan odam hayratdan yoqasini ushlab qoladi.

 

Bulung‘ur tuman FHDYO bo‘limida yosh yigit-qizlar bilan yig‘ilish

Haftaning har seshanba kuni soat 10:00 da tuman FHDYO bo‘limida oila qurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yosh yigit-qizlar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda tuman bosh imom xatibi T.Ravshanov muntazam ishtirok etib, isrofgarchilik, dabdaba bozlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-onani norozi qilmaslik, qaynota-qaynonaning duolarini olish, nikoh guvohnomasini olgandan so‘ng to‘yni boshlash, oila muqaddas dargoh mavzularida ma’ruzalar qiladi.

 

Jamiyat barqarorligi ta’minlash birlamchi vazifamiz

Yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalari, mahallalar, turli tashkilot va jamoat birlashmalarida “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari” yiliga bag‘ishlangan kengqamrovli yig‘ilish va tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Xushxabar: Toshkent islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qiladi

Asos: O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 29 sentyabrdagi 01A/092-sonli buyrug‘i

 

Muallim - jamiyat ko‘zgusi

XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyos.

 

Tatariston prezidenti Samarqandda ziyoratda bo‘ldi

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan edi. Kecha qadim Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

 

Imom Buxoriy nomi BMT bosh minbarida yangradi

2017 yil 19 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida ish boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning oliy minbardan turib butun dunyoga qilgan murojaatini o‘zgacha hayajon bilan kuzatdik.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing