O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OLIS TUMANLARGA SAFAR

 
 

2018 yil 12 yanvar juma kuni O‘zbekicton musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov olis tuman – Nurobodga tashrif buyurdi.

Tashrifdan tuman masjidlari holati, ibodat uchun yaratilayotgan sharoitlar, namozxonlar kayfiyati bilan tanishish kabi ko‘plab maqsadlar ko‘zda tutilgan edi.

Juma namozi tumanning markaziy masjidi – “Hazrati Ali” jome masjidida ado etildi. Ma’ruza davomida bosh imom xatib tomonidan bugungi islohotlar mazmun mohiyati, bu borada har birimizning zimmamizga tushayotgan mas’uliyatlar xususida so‘z yuritildi. Doimo faol bo‘lish, el dardi bilan yashash, loqayd bo‘lmaslik lozimligi, loqaydlikning oqibatlari tushuntirib o‘tildi.

Juma ma’ruzalarida eshitilgan so‘zlarni oilada, qo‘ni-qo‘shnilar orasida gapirish, ularning ham qalblariga ma’rifat kiritib borish, bugungi kunda urchiyotgan jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilishga urinish kabi millatimizga xos bo‘lmagan illatlarga qarshi birgalikda kurashishga chorlandi.

Ibodat so‘ngida namozxonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi va yurtimiz, yurtdoshlarimiz haqqiga xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1790
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/olis-tumanlarga-safar
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 07:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing