O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tataristonlik ziyoratchilar Imom Buxoriy majmuasida

 
 

2017 yil 24 noyabr kuni yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi delegatsiyasi Samarqandga, xususan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif burdi.

Tashrifning juma kuniga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan, dastlab Imom Buxoriy jome masjidida juma namozi ado etildi va ibodat so‘ngida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam bo‘lishi, bordi-keldi aloqalari muntazam yo‘lga qo‘yilishini so‘rab duo qilindi.

Majmua bo‘ylab qilingan ziyorat asnosida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Z.Eshonqulov Imom Buxoriy hazratlarining tarixi, hayoti va ijodi, qoldirgan boy ilmiy merosi, shuningdek, mustaqillik yillarida ushbu zotga nisbatan ko‘rsatilgan davlat darajasidagi e’tibor haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Hozirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev majmuaga alohida e’tibor berayotganlari va yaqinda ziyoratgoh yanada obod bo‘lish arafasida ekanini ta’kidladi.

Majmua yonida qad rostlayotgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi, ayniqsa, mehmonlarga o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.

Buxoriy hazratlarining qabri ziyorat etilgach, Tatariston delegachiyasi va samarqandlik ulamolar, imom xatiblar ishtirokida Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, kun oxiriga qadar mehmonlar Xo‘ja Donyor ziyoratgohi va Shohi Zinda majmuasini ziyorat qildilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1894
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tataristonlik-ziyoratchilar-imom-buxoriy-majmuasida
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 16:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing