Tinchlik buyuk ne'mat
Tayloq tumani bosh imom xatibi Bekmurod Ismoilov tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan 20-maktabda bo‘lib, 9-10-sinf o‘quvchilari bilan ekstremizm, terrorizm balosi, tinchlik ne'matining qadriga yetish mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.
IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Yusufxon Shokirov
Yusufxon Olimxon to‘ra o‘g‘li 1926 yili tug‘ilgan. Ilk saboqni otasidan olgan, 1948-1955 yillari Buxorodagi “Mira Arab” madrasasida, 1955-1961 yillari Misrdagi “Al-azhar” dorilfununining arab tili fakultetitda o‘qiydi. 1981 yildan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, 1975-1977 yillari idora raisining o‘rinbosari, 1977 yili raisga bosh maslahatchi bo‘lib ishladi. 1975 yili Moskvada nomzodlik ilmiy ishini himoya qilgach, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, keyin Toshkent Islom oliy ma'hadida tafsir va hadis, arab adabiyoti, balog‘at fanlaridan dars berdi. Arab, ingiliz, rus, turk, fors tillarini mukammal bilgan. “Islomiy e'tiqod”, “Islom shari'ati asoslari” va boshqa asarlari chop etilgan. 2000 yil Toshkentda vafot etgan.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Allohning masjidlarini obod qiluvchilar
Jomboy shahrida joylashgan “Islomobod” jome masjidi 1990-1995 yillar davomida hashar yo‘li bilan barpo qilingan. Masjidning hajmi 18,0 m x 360,0 m.ga teng. Uning qurilishida o‘sha davrdagi masjid imom-xatibi Tursunqulov domla Abdurahmonovning ko‘p xizmatlari singan.

2000 yildan buyon “Islomobod” jome masjidiga Xayrulloh domla Sattarov imom-xatiblik qilib kelmoqda. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, domla masjid imomligi bilan birgalikda 2017 yilga qadar Jomboy tuman bosh imom-xatibi vazifasida ham xizmat qildi. 2017 yildan hozirgi qadar Samarqand viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari vazifasida ham ishlab kelmoqda.
“Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling”
Islom ta'limotga ko‘ra, tinch aholi ustiga bostirib kirish, ularni vahshiylarcha bo‘g‘izlash, uylarini vayron qilish aslo mumkin emas. Odamlar bilan tinch va totuv hayot kechirish kerak. Alloh taol o‘z kalomida: “(Ey, Muhammad!) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o‘zi Uning yo‘lidan chalg‘igan kimsalarni yaxshi biluvchi va hidoyat topganlarni ham U biluvchiroqdir”, deydi (Nahl, 125).
IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Ismoil Maxdum Sattiyev
Ismoil Sotti Oxund o‘g‘li 1908 yili Namanganda tug‘ilgan. O‘n uch yoshida Qur'oni karimni yod olgan. Namangandagi “Mulla Qirg‘iz” madrasasida tahsil ko‘rgan, tafsir, hadis, fiqh ilmlarini puxta egallagan. Bir muncha vaqt imom-xatiblik va maktabdorlik qildi.
Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi
Samarqand shahar "Xo‘ja Nisbatdor" jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon Samarqand davlat universitetining Geografiya va Fizika fakultetlari talabalari bilan “Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi”, “Manaviyatimizga tahdid - kelajagimizga tahdid” mavzularida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi.
Yiqilganni suyash – savobli amal
Samarqand viloyatida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari bilan ishlashda tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi
urizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili Sherzod Sultonovning ma'lum qilishicha, “Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi e'lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Unga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi.
Diniy idora hayotiga doir "Muhim voqealar yilnomasi"
1980 yil sentyabr. Toshkentda “XV hijriy asr xalqlar o‘rtasida do‘stlik va tinchlik asri bo‘lishi kerak!” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘ldi. Unda jahonning 27 mamlakatidan davlat, jamoat va din arboblari ishtirok etdi.
* * *
1990 yil sentyabr. Ulug‘ muhaddis Abu Iso Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlab, Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro Islom anjumanida dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan davlat, jamoat va din arboblari, yirik ulamolar ishtirok etishdi.
* * *
1990 yil 2 iyun. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun borishi to‘g‘risi”dagi Farmoni e'lon qilindi.
* * *
1991 yil 20 iyun. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov “Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish haqida”gi Farmoniga imzo chekdi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 22-bet
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Maslahatli to‘y tarqamas
Xalqimiz to‘y va turli munosabatlar bilan o‘tkaziladigan marosimlarni, shodiyonalarni yaxshi ko‘radi. Ne-ne mashaqqatlar bilan yillar mobaynida mehnat qilib topgan mablag‘ini farzandlarining to‘y-xashamlariga deb sarflaydi. Bir jihatdan qaraganda bu kabi mehr-muruvvat tahsinga loyiq. Lekin, nom chiqarish, obro‘ qozonish, boshqalardan ustun bo‘lish, to‘y va marosimlarini boshqalarnikidan bir necha barobar dabdabali qilaman deb farzandlarining baxtini o‘ylamay bir qancha isrof ishlarga qo‘l urib, natijada ko‘ngilsizliklarga uchrash esa achinarli hol.
Muhim voqealar yilnomasi.
1976 yil. Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon Makkai Muakarramada bo‘lib o‘tgan Jahon masjidlar bo‘yicha Oliy Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
* * *
1976 yil oktyabr. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda “Hozirgi zamon va Sunnati nabaviyya ta'limotlarining hayotga tatbiq etilishi” mavzuida anjuman o‘tkazildi.
* * *
1978 yil. Qarochida (Pokiston) bo‘lgan Birinchi Osiyo Islom anjumanida diniy boshqarma vakillari ham ishtirok etishdi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 19-20-betlar
Kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali kam ta'minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini berib, xalqimiz turmush darajasidagi ijobiy o‘zgarishlarda aks etmoqda.
Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Viloyatda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, mahalla va oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Muqaddas islom dinini niqob qilib turli g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishga urinish harakatlari sodir bo‘layotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Aqidaparast, ekstremist, terrorchilar jirkanch qiyofasini turli ko‘rinishlarda namoyon qilib, qonunga xilof xatti-harakati bilan jamiyatimizdagi barqarorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda. Targ‘ibot tadbirlarida aholini bunday tahdidlardan ogoh etilmoqda.
Musibat kelgan xonadonga Imom-xatib chaqirig‘i bilan yordam ko‘rsatildi
Bemorni ziyorat qilish, holidan xabar olib, xizmatida bo‘lishning fazilati dinimizda nihoyatda ulug‘ amal. Musulmon kishi boshqa birodarining bemorligini bilganida, uni borib ko‘rishi musulmonlarning bir-birlaridagi o‘zaro haqlaridan hisoblanadi.
Hormang paxtakorlar!
Paxta dalalaridan fotoreportaj
Hozir yurtimizda kuz fasli bo‘lganligi sababli dalalarmizda paxta hosili pishib yetilgan. Paxta hosilining ko‘p qismi yig‘ishtirib olindi. Hali ancha paxta dur kabi oppoq bo‘lib, ayni terimga shay bo‘lib turibdi. Bobodehqonning zahmatli mehnatlari samarasi bo‘lgan mana shu mo‘l hosilni birortasini ham nes-nobud qilmagan holda terib olish, sarflangan mehnatning samarasini ko‘rish, uni isrof etmagan holda yig‘ib olish uchun barchamiz qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat'iy nazar birdek harakat qilishimiz zarur.




















