O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Tinchlik buyuk ne'mat

 
 

Tayloq tumani bosh imom xatibi Bekmurod Ismoilov tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan 20-maktabda bo‘lib, 9-10-sinf o‘quvchilari bilan  ekstremizm, terrorizm balosi, tinchlik ne'matining qadriga yetish mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.

Tinchlikdek buyuk ne'mat bugungi kunda dunyoning barcha joyida ham topilavermaydi.  Afsuski,  hozirda dinni niqob qilib, o‘zlarining manfur niyatlarini amalga oshirmoqchi bo‘layotgan  oqim a'zolari jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi jiddiy tashvish tug‘dirmoqda. Dinni qurol kilib olgan ba'zi ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga  tahdid solayotgani eng achinarli xoldir. Eng yomoni bunday yovuz guruhlar o‘z tarafdorlari  sonini kengaytirishga urinishayotgani va o‘z yovuz g‘oyalarini  turli xil zamonaviy vositalar, asosan  internet tizimidan foydalangan holda  tarqatishga ruju qo‘yishgan.

Mana shular to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berilgandan so‘ng ular tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, davra suhbati qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi.

  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 14:43;   Ko‘rilganligi: 1195
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/tinchlik-buyuk-nemat
Chop etilgan vaqti: 05/05/2024 14:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing