O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yaxshi xulq - jamiyatning ko‘rki

 
 

Bilamizki insonning ziynati uning tashqi ko‘rinishida yoki boyligida emas balki uning chiroyli odobidadir. Odob insonning xulq atvori go‘zal muomalasi halolligi o‘zini toza pokiza tutishi hamda insoniyligidadir. Ma'lumki, hamma zamonlarda yaxshi xulqli, oliyjanob, shirin so‘z, go‘zal fazilatli insonlar jamiyatning ko‘rki, odamlarning a'losi bo‘lib kelgan. Mol-dunyolari, boyliklari ko‘pligi yoki nasablarining ulug‘ligi insonning darajasini belgilamaydi.

Ilm bilan odob doimo yonma-yon bo‘lishi lozim. Kishida shu xislatlarning ikkisidan biri bo‘lib, boshqasi mujassam bo‘lmasa, u komil inson bo‘la olmaydi. Har tomonlama komil bo‘lmagan insonda nuqsonlar bo‘ladi, adashish, xatolar, boshqalarga tobelik bo‘lishi, mustaqil dunyo qarash va fikrlashi yo‘q bo‘lishi mumkin.

Samarqand shahar “Darg‘om” jome masjidi imom-xatibi Ma'mur Uzoqov ham 54-maktab o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda ana shular haqida to‘xtalib o‘tdi. Albatta, yoshlarimizning har tomonlama komil inson bo‘lib, dinimiz, xalqimiz va vatanimzga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishi eng oliy maqsadlarimizdandir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/10/2019 15:12;   Ko‘rilganligi: 23191
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yaxshi-xulq-jamiyatning-korki
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 15:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing