O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Yusufxon Shokirov

 
 

Yusufxon Olimxon to‘ra o‘g‘li 1926 yili tug‘ilgan. Ilk saboqni otasidan olgan, 1948-1955 yillari Buxorodagi “Mira Arab” madrasasida, 1955-1961 yillari Misrdagi “Al-azhar” dorilfununining arab tili fakultetitda o‘qiydi. 1981 yildan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, 1975-1977 yillari idora raisining o‘rinbosari, 1977 yili raisga bosh maslahatchi bo‘lib ishladi. 1975 yili Moskvada nomzodlik ilmiy ishini himoya qilgach, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, keyin Toshkent Islom oliy ma'hadida tafsir va hadis, arab adabiyoti, balog‘at fanlaridan dars berdi. Arab, ingiliz, rus, turk, fors tillarini mukammal bilgan. “Islomiy e'tiqod”, “Islom shari'ati asoslari” va boshqa asarlari chop etilgan. 2000 yil Toshkentda vafot etgan.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/10/2019 17:01;   Ko‘rilganligi: 1214
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/idorada-ishlagan-ibratli-insonlar-shayx-yusufxon-shokirov
Chop etilgan vaqti: 05/05/2024 15:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing