O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Urgut tuman imom-xatiblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 
 

Shubha yo‘qki, diyorimizda barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. So‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish,  diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, yashirin “hujralar” tashkil etish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Shuning uchun yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklarga jalb etish, yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalab, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, jamiyatda o‘z yo‘lini yo‘qotib, bugun dunyo qarashi o‘zgargan va to‘g‘ri yo‘lga qaytgan fuqarolarning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Bu borada viloyatimizda “Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar va ularning oila a'zolari o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” rejasi asosida ish olib borilmoqda. Viloyat Ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha imom-xatiblarning vazifalari yuzasidan Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Chubin” jome masjidida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ishtirok etdi.

Tadbir davomida diniy-ma'rifiy yo‘nalishda belgilangan vazifalar va ko‘rsatmalar ijrosini ta'minlashda zaruriy chora-tadbirlar hamda mahallalarda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muayyan ishlar yuzasida so‘z yuritildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/10/2019 13:06;   Ko‘rilganligi: 1223
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/urgut-tuman-imom-xatiblari-bilan-uchrashuv-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 04:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing