O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Fransiya prezidenti mamlakatdagi musulmonlarni himoya qilishga va'da berdi

 
 

Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanyuel Makron Bayonna shahridagi masjidga qilingan tajovuzni qoralashini bildirib, islom diniga e'tiqod qiluvchi fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirilishini qayd etdi.

O‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Makron bunday xunrezliklarga chidab tura olmasligini va aybdorlarni jazolash masalasi muqarrar ekanini aytib o‘tgan.

Avvalroq, 84 yoshli fransiyalik Bayonna masjidini yoqishga uringanida unga halaqit qilgan ikki nafar musulmonga qarata o‘q uzgani aytilgan edi. Jarohat olgan 74 va 78 yoshldagi mahalliy aholi vakillari esa shifoxonaga joylashtirilgan.

Manba: Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 29/10/2019 17:01;   Ko‘rilganligi: 1004
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/frantsiya-prezidenti-mamlakatdagi-musulmonlarni-himoya-qilishga-vada-berdi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 07:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing