O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Ismoil Maxdum Sattiyev

 
 

Ismoil Sotti Oxund o‘g‘li 1908 yili Namanganda tug‘ilgan. O‘n uch yoshida Qur'oni karimni yod olgan. Namangandagi “Mulla Qirg‘iz” madrasasida tahsil ko‘rgan, tafsir, hadis, fiqh ilmlarini puxta egallagan. Bir muncha vaqt imom-xatiblik va maktabdorlik qildi.

1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri bo‘ldi. 1952 yildan boshlab diniy boshqarmada muhtasib, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi mudiri, 1957 yildan umrini oxirigacha diniy idora raisining noibi va qozi vazifalarida ishladi. Qur'oni karim, diniy taqvimlar, jurnal va kitoblarni nashr etish ishlariga boshchilik qildi. “Toshkentdagi Usmon mus'hafining tarixi” kitobini arab tilida yozdi. Bu asar o‘zbek tillarida chop etilgan. Ismoil Maxdum 1976 yili vafot etgan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 23-bet.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/10/2019 17:14;   Ko‘rilganligi: 1125
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/idorada-ishlagan-ibratli-insonlar-shayx-ismoil-maxdum-sattiev
Chop etilgan vaqti: 05/05/2024 20:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing