Долзарб мавзу

Bosh qomusimiz – baxtimiz kafolati

Insoniyat yaralgandan beri muayyan qonunlarga, qoidalarga amal qilib keladi. Bashariyat tarixida qanday muvaffaqiyatlarga, natijalarga erishilgan bo‘lsa, shubhasiz, bu borada qonunlarning, tartib-qoidalarning alohida o‘rni bor. Shu ma'noda mamlakatimizda ham barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan ulkan natijalarga Bosh Qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Har bir millatning, davlatning taraqqiyoti bevosita amaldagi qonunlar bilan belgilanadi. Qonun ustuvor yurtda adolat hukm surib, vijdon erkinligi, millatlararo  totuvlik va diniy bag‘rikenglik ta'minlanadi. Pirovardida esa o‘sha yurtda tinchlik-osoyishtalik, xotirjamlik barqaror bo‘ladi.

 

IMON-E'TIQOD MUSTAHKAMLIGI – IKKI DUNYO SAODATI

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Alloh taologa behisob shukrki, Yangi O‘zbekistonda qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarida insonning e'tiqod erkinligi, qadr-qimmatini hurmat qilish hamda uning huquq va erkinliklarini ta'minlash yaqqol o‘z ifodasini topmoqda.

Ayni kunlarda yurtimizda Konstitusiyamiz qabul qilingan sana keng nishonlanmoqda. Bugun ro‘yobga chiqayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar zamirida Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati mujassam, desak ayni to‘g‘ri gapni aytgan bo‘lamiz. Chunki, unda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug‘ tushuncha markaziy o‘ringa qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan Davlatimiz Rahbari amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asosiy maqsadini “Odamlarni hayotdan rozi qilish – asosiy mezon” degan yuksak tamoyilga qaratmoqdalar.

 

AVLIYOLAR KAROMATI HAQ

Sayyidimiz Jaloluddin Suyutiy rohimahullohning xodimi Muhammad ibn Ali Habbok aytadi:
“Bir kuni shayx Suyutiy bilan Misrdagi Muqattam tog‘idagi shayx Abdulloh Juyushiy maqarasi oldidagi xonaqohda edik. Shayx Suyutiy qaylula vaqtida menga dedi:
-Asr namozini Makkada o‘qishni istaysanmi. Ammo sharti shuki, buni o‘lgunimcha insonlardan yashirasan?
Men:
-Ha, dedim.

 

MUHKAM VA MUTASHOBEH

Darhaqiqat, Alloh taolo Qur'oni Karimda mo‘min kishining muhkam (ya'ni, unda hukm ochiq-oydin bayon etilgan) xujjatlarga ergashishi va ushbu xujjatlarning taqozosiga ko‘ra Alloh taologa nisbatan aqiydasini bino qilishi zarur ekanini bayon qilgan. Mutashobeh xujjatlarni esa, muhkam xujjatlarning davomidan keltirdi.

 

ZAVQ-SHAVQ VA SHIJOAT – INSONIY XISLAT

Inson zavq-shavq ila bir narsani amalga oshirdimi, puxta va sifatli chiqadi. Qolaversa, shijoatli shaxs Alloh xoxlasa ko‘p narsaga erishadi. Shuningdek, xalqimizda “Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik”,  degan ajoyib maqol bor. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aql, fahmu farosat, zavq-shavq, shijoat bo‘lishi kerak. Alloh taolo Baqara surasining 172-oyatida “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!” deb marhamat qilgan.

Demak, mehnatimiz zavq-shavq, shijoat, halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan.

 

Buyuk fath avvalidagi sinov

Fotih Sulton Mehmet Konstantinopol (Istanbul)ni fath etish rejalarini tuzardi. Hali 21 yoshda bo‘lgan navqiron sulton Istanbul fathiga kirishishdan oldin o‘z xalqini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Tongning ilk soatlarida qiyofasini o‘zgartirib, o‘sha vaqtlardagi Usmoniylar saltanatining bosh shahri bo‘lgan Edirnedagi bozorga bordi. Bozorning bir tarafidan kirib xarid qilishga kirishdi.

Birinchi do‘konga kirib, bir narsa xarid qildi. Ikkinchi narsani olmoqchi bo‘lganida sotuvchi ko‘nmadi. Sulton ham o‘z o‘rnida mol bo‘la turib nima sababdan bermayotgani haqida so‘radi. Sotuvchi: «Men senga bu narsani sotib bayʼ ochdim, ikkinchi oladigan narsangni qarshimdagi do‘kondan ol, chunki u hali savdo qilgani yo‘q», deb javob qaytardi.

 

TAKFIR TUSHUNCHASI

Avvalam bor, bu iboraga to‘xtaladigan bo‘lsak arab tilidagi “kufr” so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda “inkor qilish”, “tan olmaslik” – degan ma'nolarni anglatadi.

Istilohda esa ikki  ma'noni bildiradi. Birinchi ma'nosi Alloh va uning rasuliga itoatsizlik qilish. Ikkinchi ma'nosi berilgan ne'matlarni inkor qilish, ya'ni noshukurchilik qilishdir.

Qur'oni karimda kufr lafzi bir necha ma'noni anglatadi. Ba'zi oyatlarda kufrdan maqsad, kishini islom dinidan chiqaradigan kufr bo‘lsa, ba'zi oyatlarda esa kishini islom dinidan chiqaradigan kufr emas, balki cheklov yoki to‘xtamlarni o‘z ichiga oladi.

 

Tarbiyada,ro‘zg‘or ishlarida ota-ona ibrati

Islomda farzand tarbiyasi hali bola dunyoga kelmasidan oldin boshlanadi.Farzandlarini chinakam imonli,solih,diyonatli qilib tarbiyalashni istagan ota eng avvalo uning uchun imoni but,soliha,diyonatli,insofli,go‘zal axloqli ona tanlab olishi kerak.Bu ish bola tarbiyasiga qo‘yilgan ilk qadamdir.Farzand tug‘ilishi bilan bu ulug‘ ne'mati uchun Alloh taologa ko‘p maqtov va shukronalar aytish,ushbu xursandchilikni boshqalar bilan baham ko‘rish,bolaning qulog‘iga azon aytish,unga chiroyli,ma'noli ism qo‘yish,birinchi kundanoq uni halol yo‘l bilan rizqlantirish hamda go‘zal odob berish  farzand tarbiyasidagi asosiy talablardandir.

 

XATOLARNI TO‘ZATISHNI PAYG‘AMBARONA YO‘LLAR

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bilan o‘tirgan edik, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, halok bo‘ldim», dedi. «Nima bo‘ldi?», dedilar. «Ro‘zador holimda ayolimga qo‘shilib qo‘ydim», dedi u. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qul ozod qila olasanmi?», deb so‘radilar. U: «Yo‘q», dedi. «Uzluksiz ikki oy ro‘za tutib berishga qodirmisan?», deb so‘radilar. «Yo‘q», dedi. «Oltmishta miskinga taom bera olasanmi?», dedilar. «Yo‘q», dedi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam jim turib qoldilar. Shu orada u zot huzurlariga bir savat xurmo olib kelib qolindi. «Savol so‘rovchi qayerda qoldi?», deb so‘radilar u zot. «Shu yerdaman», dedi haligi kishi. «Shuni olgin-da, sadaqa qilib yubor», dedilar.

 

Mazhablar – qur'on va sunnat maxsulidir.

Ma'lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlik paytlarida shariatga bog‘liq barcha masalalarning yechimini u zotning o‘zlari bayon qilar edilar. Payg‘ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin odamlar bilmagan narsalarini asosan sahobalardan so‘rar edilar. Goxida uchrab turadigan qiyin masalalarni yechish uchun eng bilimdon saxobalar yig‘ilib maslaxat qilishar va fatvo berishardi. Keyinchalik saxobalar yashash uchun turli yurtlarga ko‘chib ketdilar. Odamlar o‘zlari suxbatiga yetishgan olim saxobalarning fatvolariga amal qilishardi. O‘sha davrning markaziy shaxarlari – Madinada Abdulloh ibn Umar, Kufa shahrida Abdulloh ibn Mas'ud, Makkada Abdulloh ibn Abbos, Misrda Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anxumlarning fatvolariga amal qilinvadi. Aynan mana shu davrlarda saxobalar mazxabi shakllanganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin bu zotlarning shogirdlari ularning ishlarini davom ettirishdi. Fatvolarning asosiy qismida o‘z imomlariga ergashadilar va ularning mazxablarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Zamonlar o‘tishi bilan yigirmaga yaqin mazxablar ichidan faqat buyuk to‘rttasi qoldi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, xozirda ko‘p takrorlanayotgan “Dinda mazhablarga ergashish yo‘q”, “Sahobalar davrida mazhablar bo‘lmagan” kabi puch da'volarga mutlaqo ilmiy asos mavjud emas. Saxobalar davrida ham mujtaxid sahobalar mazxabi bor edi. Saxobalar mazhabi asosida xozirga qadar yetib kelgan to‘rtta fiqxiy mazxablar saqlanib qoldi. Mazhabga ergashish – qur'on va sunnatni qo‘yib shaxsga ergashish emas, balki aynan qur'on va sunnatga ergashish sanaladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing