O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MUHKAM VA MUTASHOBEH

 
 

Darhaqiqat, Alloh taolo Qur'oni Karimda mo‘min kishining muhkam (ya'ni, unda hukm ochiq-oydin bayon etilgan) xujjatlarga ergashishi va ushbu xujjatlarning taqozosiga ko‘ra Alloh taologa nisbatan aqiydasini bino qilishi zarur ekanini bayon qilgan. Mutashobeh xujjatlarni esa, muhkam xujjatlarning davomidan keltirdi.

Chunki, mutashobeh xujjatlarni anglash va ulardan iroda qilingan ma'nodan voqif bo‘lish muhkam xujjatlarga bog‘liqdir. Shuningdek, Alloh taolo ochiq-oydin va ravshan bo‘lgan muhkam xujjatlar borasida o‘zini johilga solib, ma'nolari yashirin mutashobeh xujjatlarga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ergashish va ularni o‘zicha tafsir qilishdan qattiq ogohlantirdi. Alloh taolo bu borada shunday marhamat qiladi: «U senga kitobni tushirgan zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og‘ish borlar fitna maqsadida va uni ta'vil qilish maqsadida undan mutashobih bo‘lganiga ergashadi. Uning ta'vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo‘lganlar esa, unga iymon keltirdik, barchasi Rabbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslaydilar» (Oli Imron surasi 7-oyat). Ushbu oyatga binoan musulmonlarning barchasi ushbu Qur'oniy (mutashobeh) xujjatlarning zohiri taqozo qiladigan makon, a'zolar, bo‘laklar va hodis (ya'ni, paydo qilinganlik) alomatlari kabi ma'nolardan Alloh taoloni tanzih qiladilar, ya'ni poklaydilar. Bunda musulmonlar ushbu ma'noga (ya'ni, mutashobeh xujjatlarning zohiriga ergashmaslikka) dalolat qiladigan muhkam xujjatlarga asoslanadilar va Alloh azza va jallaning buyrug‘iga va U Zotning mutashobeh xujjatlarning zohiriga ergashishlikdan va uni ravshanlatuvchi muhkam oyatni tark qilib, (mutashobehning) ta'viliga kirishishlikdan ogohlantirishiga itoat qiladilar.

«Arkonul iymon» («Iymonning ruknlari») asaridan, Shayx Vahbiy Sulaymon G‘ovchi rohimahulloh. «Muassasatur risala» nashriyoti, 18-B.

Izoh: «Muhkam» so‘zi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo‘lmaydigan, degan ma'noni anglatadi.
«Mushtaboh» so‘zi esa, o‘xshash, birini biridan ajratish qiyin, bir necha ma'nolarni anglatadigan, degan ma'nolarni bildiradi.
Qur'oni Karim oyatlari muhkam va mutashobihga bo‘linadi.

Laa havla va laa quvvata illa billah!

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 06/12/2021 12:16;   Ko‘rilganligi: 1029
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/muhkam-va-mutashobeh
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing