Maqolalar

Bir qissa tarixi haqida haqiqat

Alloh taologa hamd sano, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga durud va salomlarimiz, qiyomatga qadar keladigan barcha mo‘min va mo‘minalarga Alloh taoloning mag‘firati bo‘lsin!

 

Saharlikda baraka bor

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “saharlik qilingiz! Zero, saharlikda baraka bor”, deb marhamat qilinadi (imom Buxoriy va imom Muslim rivoyatlari).

 

Qur’oni karimdan xato qidirgan olim hayrati

Shimoliy Amerikadagi eng yirik Toronto universiteti matematika va mantiq fanlari ustozi professor Goriy Malyar nasroniylik diniga da’vat qiluvchi, muqaddas kitob Injildan xabardor kishi edi. U o‘z fan sohasi matematika, mantiqni juda yaxshi ko‘rganidan har bir ishga mantiqiy yondashishga harakat qilardi.
Kunlarning birida professor musulmonlarni nasroniylik diniga da’vat qilishida ko‘mak bo‘ladi, deb Qur’oni karimdan xatolar izlashga kirishadi. U Qur’oni karimni arablar madaniyati, turmush tarzlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, 14 asr oldin tushgan qadimgi kitob bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi.
Kechki payt xonasiga kirib Qur’oni karimni qo‘liga oladi. Kitobdagi jumlalarni o‘qir ekan, o‘ylagan narsalaridan umuman boshqa ma’lumotlarni ko‘rib ajablanadi. Qur’oni karim dunyodagi boshqa birorta kitobda topilmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olganini biladi. Aslida, u hozir kitobni ochsam, birinchi bo‘lib Muhammad payg‘ambarning hayotidagi boshidan kechirgan og‘ir kunlari; ayoli Xadichaning, farzandlarining vafoti haqidagi ma’lumotlarga duch kelsam kerak, deb o‘ylagan edi. Biroq u haqda biror ma’lumot topa olmadi. Qur’oni karimdagi butun boshli bir sura Maryam onamizning nomi bilan nomlanganini, surada Maryam onamizga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromlarni ko‘rib hayratdan yoqa ushlaydi. Sababi bu olim o‘zi o‘qigan kitob Injilda ham bunday ehtiromlarni uchratmagan edi. Keyin u Qur’onning boshqa suralari payg‘ambarning eng suyukli xotini Oysha yoki farzandi Fotimaning nomi bilan nomlanganmikan, deb qidiradiyu biror sura bunday nom bilan nomlanmaganini ko‘radi. Qur’oni karimni varaqlab Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) nomlari bor yo‘g‘i 4 marta zikr qilinganini, Iso (alayhissalom) esa 25 marotaba zikr qilinganini ko‘rib hayrati yanada ortadi. Bunday ma’lumotlarni o‘qiyotgan Goriy Malyar endi Qur’onni diqqatliroq o‘qiy boshlaydi. Shoyad, undan biror xato topsa. Bu safar u ajoyib bir oyatga to‘qnash keladi. U “Niso” surasining 82 oyati edi: "Qur’on (oyatlarining ma’nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o‘zganing huzuridan (kelgan) bo‘lsa edi, unda ko‘pgina qarama-qarshi gaplarni topgan bo‘lur edilar".
Professor bu oyatni o‘qib bunday deydi: “Qiziq, hozirgi kundagi mashhur ilmiy prinsipga ko‘ra har xil nazariyalardagi xatolarni topish, ularning soxtaligi yoki haqiqiyligini o‘rganib tadqiq qilish bo‘lsa, bu Qur’on karim musulmonlarni ham musulmon bo‘lmagan barcha insonlarni ham o‘zidan xato topishga chorlayotganiga qarang, uning ustiga Qur’on: “Hargiz biror xato topa olmaysizlar”, deb ta’kidlagan. Dunyoda biror bir muallif kitob yozib: “Bu kitob xatolardan xoli, qani biror xato topib ko‘ringlarchi”, deb aytishga jur’at qila olmaydi. Lekin Qur’onda, buning aksi o‘laroq sizga: “Unda biror xato yo‘q”, deb aytilgan, aniqrog‘i sizga unda xato qidirishni taklif qilyapti, keyin ortidan “Hargiz topa olmaysiz”, deyishga jur’at ham qilyapti”.
Professor yana bir oyatni o‘qib uzoq o‘ylanib qoladi. Bu “Anbiyo” surasining 30 oyati edi: "Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!"
Professor bu oyatni o‘qib quyidagilarni aytgan: “Aniq ayta olamanki, bu oyat 1973 yili “Nobel” mukofotiga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotning mavzusi hisoblanadi. Tadqiqot “Big Bang”, ya’ni katta portlash nazariyasi haqida edi. Unda kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, borliq, undagi yeru osmonlar, yulduzlar aynan ana shu katta portlash natijasida paydo bo‘lgan ekan. Oyatda kelgan (رتق) “Rotq” kalimasi, yaxlit bir narsani bildirsa, undan keyin kelgan (فتق) “Fatq” kalimasi, esa o‘sha yaxlit narsani parchalanganini, yorilganini anglatadi. Qiziq, mazkur nazariyaning ayni o‘zi-ku! Oyatning keyingi qismiga kelsak, unda hayot manbai – suv haqida gap ketyapti, ya’ni: "...barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?!"
Hozirgi zamon ilm-fani tirik hujayra sitoplazmadan tashkil topganini, sitoplazmaning asosiy qismi esa, ya’ni 80 foizi suvdan iboratligini isbotladi. Shunday ekan 1400 yil ilgari yozishni ham o‘qishni ham bilmaydigan Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) bu gaplarni qayerdan ham bilardi, agar u Alloh taolo tomonidan vahiy orqali bildirilmasa, degancha uzoq o‘yga cho‘madi. Xonada sukunat, nihoyat professor Goriy Malyar Qur’oni karim Haq taoloning kitobi ekanini tan olib Islomni qabul qiladi. Bu holat 1977 yili sodir bo‘ladi. Shundan keyin u dunyoning turli o‘lkalarida Islom dini haqida ma’ruzalar olib boradi. Xususan, ma’ruzalarining birida musulmonlarga qarab bunday deydi:

 

Sog‘lom bola yurt kelajagi

Ma’lumki, har bir ota-ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini chin dildan xohlaydi va bu borada barcha mashaqqat va qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun hayotini baxshida etadi. Farzandlarini sog‘lom bo‘lib o‘sishiga, ularning ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat qaratadi, ularni, kelajakni ko‘radigan solih insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun, bor kuch va harakatlarni sarf qilishadi. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir. Kelajak to‘g‘risida qayg‘urmaslik, kelajak ummat to‘g‘risida o‘ylamaslik yurtning kelajagiga beparvo bo‘lishlikdir.

 

Iftorlardagi isrofgarchiliklar

Jannatmakon yurtimizga o‘n ikki oyning sultoni bo‘lmish, o‘z nomi bilan gunohlarning kuydirguvchisi bo‘lgan, yaxshilik va barcha ezgu amallarning mukofotlari boshqa oylardagidan ko‘proq qilib beriladigan muborak Ramazon oyi tashrif buyurdi. Bu oy shunday oyki yaxshi amallarda bir birimiz bilan musobaqalashadigan, oxiratimiz uchun amal sandiqlarimizni to‘ldiradigan tengi yo‘q fursatdir. Shunday ekan bu ulug‘ oyni g‘aflatda, bebahra o‘tkazib yubormaylik.

 

RAMAZON TAQVIMI

Ramazon taqvimi

(Samarqand vaqti bilan) 2017/1438

 

Shukr qilgan boy bo‘lar

Haqiqatdan ham ne’matlarga shukr qilib yashash odamning ko‘zini to‘q, qalbini xotirjam qiladi. Bugungi kunda shukr qilib yashayotganlar juda ko‘p, shuning uchun ham xalqimiz tinch, elimiz farovon, vatanimiz kundan kunga ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Bunday obodonlashtirish va bunyodkorliklarni ko‘rib yashagan sayin yashaging keladi.

 

Ota-onaga ozor yetkazmaslik haqida (bir hadis sharhi)

وقال عليه الصلاة والسلام: {مَنْ آذى وَالِدَيْهِ أَوْ آذى أحَدَهُما

يَدْخُل النَّارَ}.

 

G‘AFLATDA QOLMANG! Bu kecha taqdirlar, voqea-hodisalar, qismatlar belgilanadi

#ESLATMA

Baroat kechasi Sha’bon oyining o‘n beshinchi ya’ni 2017 yilning 11 maydan 12 mayga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi.

 

O‘z joniga qasd qilish kechirilmas gunoh

Alloh ta’olo tomonidan yaratilgan koinot nihoyat darajada buyuk bo‘lib, uning chegarasini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Ana shu buyuk koinot oldida inson o‘zining kichik tanasi, zaif jismi, qisqa umri bilan oddiy zarrachadek bo‘lib qoladi.

 

Ota-onaga yaxshilik qilish fazilati (Bir hadis sharhi)

قال النبي صلى الله عليه وسلم: {رِضَا الرَّبِّ في رِضَا الوالِدِ، وَسَخَطُ الله في سَخَطِ الوَالِدِ}.

 

Vaqtning bir kunlik qadri!

Alloh taolo bu dunyoni yaratib, umrimizni rejalashtirishimiz uchun kecha va kunduz qilib qo‘ydi. Quroni karimda: “Va kechasini libos qildik va kunduzini tirikchilik vaqti qildik” (Naba surasi10-11 oyat), demoqlik bilan, kunning har ikki qismidan o‘z o‘rnida, oqilona foydalanish lozimligini uqtirdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing