Xabarlar

Qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.

Majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilindi. Shu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi.

 

 

O‘zaro nikohi harom bo‘lganlarga nikohlanish (o‘n to‘rtinchi maqola)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Islomda harom qilingan jinsiy aloqalarning yana bir ko‘rinishi o‘zaro nikohlanishi harom bo‘lganlarning nikohlanishidir.

 

Masjidlardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Kuni kecha 28 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Qo‘shrobod tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan  “Jo‘sh ota” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Faol imom xatiblar taqdirlandi

Bugun, 28 avgust kuni Samarqand vakilligi binosida Davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan viloyatimizdagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tadbirga yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqillikning 29 yilligi bilan qutlab, masjid faoliyatida xolis xizmat qilayotgan barcha xodimlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng fidokorona mehnatlari, chuqur bilimi, tajribasi, namunali xulqi, fidokorligi bilan Allohning baytiga, dinimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan imom-xatib, imom noiblaridan iborat o‘n nafar soha xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi. Alloh taoloning roziligi yo‘lida, dinimizning rivoji, Vatanimizning ravnaqi borasidagi barcha solih amallarining husni qabul bo‘lishini so‘rab, duolar qilindi.    

 

Prezident Farmoni bilan 113 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi e'lon qilinganining 29 yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdig‘i sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

 

Toshkent islom institutida kunduzgi va modul ta'limi yo‘nalishlari uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma'lumot

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Joylarga tashrif davom etmoqda...

Bugun, 27 avgust erta tongdan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan  “Chubin” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

ALLOHNING MUHARRAM OYIDAGI NAFL RO‘ZALAR HAFTASIGA MARHABO!

ALLOHNING MUHARRAM OYIDAGI NAFL RO‘ZALAR HAFTASIGA MARHABO!

 

MUBORAK ASHURO OYINING MUBORAK FAZILATLARI

Hozirgi oylarimizni nomlari taqvimlarda «muharram» deb yozilsada, bizni dono xalqimiz necha asrlardan beri bu oylarni «ashuro» (arab t. «o‘n kunlik») oyi deb ulug‘lab kelgan. Shuning uchun ham shunday  ulug‘, muqaddas, fazilatli oylarning hurmat-sharofatlaridan, muqaddas pok Islom dinimizga bo‘lgan beqiyos mehri yuzasidan, payg‘ambarlarimizga bo‘lgan kamoli ehtiromidan va cheksiz hurmatidan ota-bobokalonlarimiz o‘zlarining shakardan shirin farzandlarini «Ashurali», «Ashurbek», «Ashurgul», «Ashuraxon», «Ashurmat», «Muharram», «Muharrambek», «Muharramxon» kabi ismlar bilan nomlab kelgan. Sababi – bu oyda insoniyat tarixidagi ko‘p payg‘ambarlarning hayotlarida olamshumul voqealar sodir bo‘lgan.

 

G‘aflatda qolmang! Jamoat namozining 6 fazilati

Jamoat namozi – savobi ulug‘ ibodat. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jamoat namozi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Oliy diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Joylardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

Bugun, 25 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov bilan birgalikda Nurobod tumani “Jom ota” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda mazkur masjidning tashqi tomonlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Urgut tumanida “Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat, axloq-odob, o‘zbekona an'analarni aholi orasida targ‘ib qilish mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tuman hokimligida o‘tgan tadbirda mahalla maslahatchilari, imom xatiblar, otinoyilar  va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

 

Dillarga hushnudlik ulashildi!!!

Bugun 25 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan  Jomboy tumani “Kattaqishloq” mahallasi “Uzunovul” massivida tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylar jalb qilingan holda kam ta'minlangan 10 nafar oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi, kam taminlangan 15 ta oilaga yangi uy kalitlari topshirildi. Xatna to‘ylari nishonlanayotgan yoshlarning har biriga velosiped topshirildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing