O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Toshkent islom institutida kunduzgi va modul ta'limi yo‘nalishlari uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ma'lumot

 
 

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom institutida qabul imtihonlarini karantin talablariga qat'iy amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, abituriyentlarning uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi. Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida kunduzgi va modul ta'limi yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

Kunduzgi ta'lim:

  • 2020 yil 7 sentyabr – “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).
  • Mandat 2020 yil 08 sentyabr kuni e'lon qilinadi.

Modul ta'limi:

  • 2020 yil 08 sentyabr – Ixtisoslik fanlar majmuasi va ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasi (test sinovi)
  • Mandat 2020 yil 09 sentyabr kuni e'lon qilinadi.

Imtihonlarni o‘tkazish joyi – Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda qabul imtihonlariga kiritiladi:

– dizenfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;

– tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;

– tibbiy niqob, qo‘lqop va kepka bilan ta'minlanadi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00 dan 6:30 gacha davom etadi, 6:30 dan 7:00 gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, test sinovlari boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasi qabul.muslim.uz portali orqali abituriyent tomonidan chiqarib olinadi. Hozircha portalda ruxsatnoma berish xizmati ishga tushgani yo‘q, tez kunlarda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun alohida joylar tayyorlanmaydi.


Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasida kirish imtihonlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

  • 2020 yil 3 sentyabr “Hadis va mustalah al-hadis” (ijodiy imtihon).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

  • 2020 yil 4 sentyabr “O‘zbekiston tarixi” (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

  • 2020 yil 10 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

 

Toshkent islom instituti matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/08/2020 06:57;   Ko‘rilganligi: 1539
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/toshkent-islom-institutida-kunduzgi-va-modul-talimi-yonalishlari-uchun-otkaziladigan-kirish-imtihonlarini-otkazish-boyicha-malumot
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing