O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi

 
 

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlarini karantin talablariga qat'iy amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, abituriyentlarning uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi. Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

  • 2020 yil 3 sentyabr “Hadis va mustalah al-hadis” (ijodiy imtihon).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

  • 2020 yil 4 sentyabr “O‘zbekiston tarixi” (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

 

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bo‘yicha:

  • 2020 yil 7 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

 

Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

  • 2020 yil 10 sentyabr “Fiqh va aqoid”, “O‘zbekiston tarixi” fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

 

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda qabul imtihonlariga kiritiladi:

- dizenfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;

- tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;

- tibbiy niqob, qo‘lqop va kepka bilan ta'minlanadi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00 dan 6:30 gacha davom etadi, 6:30 dan 7:00 gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, test sinovlari boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasi qabul.muslim.uz portali orqali abituriyent tomonidan chiqarib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentalarning ota-onalari va yaqinlari uchun alohida joylar tayyorlanmaydi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 26/08/2020 08:26;   Ko‘rilganligi: 857
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-diniy-talim-muassasalarida-qabul-imtihonlarini-otkazish-kunlari-belgilandi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 05:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing