O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

 
 

Kuni kecha 28 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Qo‘shrobod tumanida joylashgan, yaqinda milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos qurib bitkazilgan  “Jo‘sh ota” jome masjidining yangi binosiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat bosh imom-xatibi bu dargohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng qurilish ishlari davom etayotgan “Domla Kamoliddin Oxun”, “Davriqo‘rg‘on” jome masjidlarida ham bo‘ldi. Masjidlarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda masjidni yanada obod qilish, namozxonlar uchun yanada qulayliklar yaratish borasida o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi. Viloyatimizda ana shunday zamonaviy va go‘zal masjidlarning qurilishi namozxonlar ko‘ngliga xushnudlik olib kelmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi bu dargohning go‘zal qiyofaga kelishiga sababchi hamda bosh bo‘lganlarning haqlariga duoi-xayrlar qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/08/2020 09:34;   Ko‘rilganligi: 1182
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlardagi-bunyodkorlik-ishlari-kozdan-kechirildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing