O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Joylardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

 
 

Bugun, 25 avgust kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov bilan birgalikda Nurobod tumani “Jom ota” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda mazkur masjidning tashqi tomonlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Zayniddin domla Eshonqulov masjidning yangi qad ko‘tarayotgan binosini ko‘zdan kechirish jarayonida masjid jamoasi hamda imom-xatibiga yangi qurilish ishlarini milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to‘la mos holda amalga oshirish yuzasidan o‘zining kerakli va zarur tavsiyalarini berdilar.

Shundan so‘ng, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov qurilish ishlarida faollik ko‘rsatayotgan barcha xodimlar hamda quruvchilar haqqiga duoi-xayrlar qildi.

Tashrif davomida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ushbu tumanda joylashgan “Sariko‘l” jome masjidida ham bo‘ldi. Aytib o‘tish joizki, yaqinda ushbu masjidning xonaqo qismi yangi ta'mirdan chiqarilgan edi. Qurib bitkazilgan hamda namozxonlar diliga xushnudlik olib keladigan darajada ta'mirdan chiqarilgan masjid bilan yaqindan tanishdi hamda namozxonlar uchun yanada qulayliklar yaratish borasida o‘zining kerakli tavsiyalarin berdi. Shuning bilan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning Nurobod tumaniga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

Safar davomida Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov bilan birgalikda Samarqand tumanida joylashgan “Yangi masjid” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ushbu masjid hozirgi kunda qayta qurilish jarayonida bo‘lib, qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Zayniddin domla Eshonqulov ushbu qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar hamda namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish  yuzasidan o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi. Tashrif so‘ngida masjid jamoasi hamda qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatayotgan fuqarolar haqqiga duoi fotihalar qilindi...

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/08/2020 17:26;   Ko‘rilganligi: 837
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/joylardagi-qurilish-ishlari-kozdan-kechirildi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 20:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing