O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Dillarga hushnudlik ulashildi!!!

 
 

Bugun 25 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan  Jomboy tumani “Kattaqishloq” mahallasi “Uzunovul” massivida tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylar jalb qilingan holda kam ta'minlangan 10 nafar oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi, kam taminlangan 15 ta oilaga yangi uy kalitlari topshirildi. Xatna to‘ylari nishonlanayotgan yoshlarning har biriga velosiped topshirildi.

Tadbirni Jomboy tuman hokimi Sobirov Qayum Hamrayevich ochib berdi. Shundan so‘ng, tadbir tashkilotchilari, xususan, tuman hokimi Sobirov Qayum Hamrayevich, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, mahalla raisi va boshqalar so‘zga chiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta'kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishini hamda yangi xonadonga ega bo‘lgan oilalarga mamlakatimizdagi eng namunali oilalardan bo‘lishlarini tilashdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/08/2020 12:17;   Ko‘rilganligi: 827
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/dillarga-hushnudlik-ulashildi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 13:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing