Axborot xizmati

Madrasalarda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Barchamizga ma'lumki pandemiya munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda tibbiy niqop va qo‘lqop bilan antiseptik vositalardan foydalangan holda kiritildi.

 

MUNOSABAT: XOLIS BO‘LING YOXUD NOXOLISLIK KASBINGIZMI?!

Bugungi kunda axborot tezligi shuncha rivojlandi-ki, bir paytning o‘zida bir voqelikka oid turli yondashuvlarni mutolaa qilish mumkin. Natijada, inson ongi bir-birini inkor etuvchi ma'lumotlar bilan to‘lmoqda.

 

“BIZ BARCHA SHERIKLARIMIZ BILAN TINCHLIK, TARAQQIYOT VA FAROVONLIK YO‘LIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISHDAN MANFAATDORMIZ”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishi uning mazkur xalqaro tashkilot ishidagi ikkinchi ishtiroki hisoblanadi. Yurtboshimiz dunyo minbaridan turib mintaqa va jahon hamjamiyati uchun muhim sanalgan umumsiyosiy masala va takliflarni o‘rtaga tashladi. Biz uchun ushbu nutqning alohida ahamiyatli jihati shundan iborat bo‘ldiki, belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, mazkur xalqaro tashkilot odatda dunyo bo‘yicha oltita tildan foydalanadi. Davlatimiz rahbari tarixda ilk bor o‘z ona tili – buyuk Navoiy, Amir Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdining tilida so‘z aytishi, albatta, tarixiy voqeadir.

 

MUBAYYAN VA NASRIY BYOYONI: BOBUR MIRZO – BUYUK FAQIH (Birinchi mavzu)

Aziz va muhtaram “Muslim.uz” o‘zani muhiblari! ULUG‘ NE'MAT! “MUBAYYAN” asaridan bahramand bo‘la boshlaymiz. (1) “MUBAYYAN” asari – ham she'riyat, ham ilm xazinasidir!

 

Samarqand viloyat vakilligida shahar va tuman bosh imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida bugun 23 sentyabr' kuni shahar va tuman bosh imom-xatiblari bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Dastavval Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilinib, so‘ng Samarqand shahar (bosh imom-xatibi) vazifasida qisqa yillar davomida asrlarga tatigulik xizmatlarni amalga oshirib, bu sinovli dunyoni tark etgan marhum Nuriddinxon domla Islamov rohimahulloh haqlariga Alloh taolodan rahmat va yaxshiliklar so‘rab duolar qilindi.

 

Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi

Har tongda chiqqan Quyosh, o‘z vazifasi bitgach, botadi. Inson ham tug‘ilar ekan, albatta, bir kuni vafot etadi. Tug‘ilmoq – o‘lmoqqa dalolat demakdir. Qanchalab odamlar hayotga kelib-ketadi. Ularni birov tanimaydi ham, eslamaydi ham. Shunday insonlar borki, ular vafot etib ketsalar ham, insonlarning qalbida dunyo turguncha yashaydi. Ular olim va ulamolardir.

Zabardast olim, din peshvosi, voiz, islom va musulmonlar xizmatchisi, umrining ko‘p qismini din xizmatiga baxsh etgan ustoz Nuriddinxon Islomov 22 sentyabr kuni 73 yoshlarida bu dunyoni tark etib, oxiratga yuzlandilar.

 

Jarqo‘rg‘on minorasi – «burmalangan» mo‘jiza

Bir necha o‘n yillar davomida mashhur Jarqo‘rg‘on minorasi arxeologlar, tarixchilar va go‘zal arxitekturani sevuvchilarni hayratda qoldirib kelmoqda. Gap shundaki, minora noodatiy dekorativ bezak bilan bezatilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda ilgari ishlatilmagan, bu bezak ko‘proq Hindistonda ishlatilgan, ta'kilaydi uzbekistan.travel.

 

Muslima ayolning g‘ayridinga turmushga chiqishi

511-CAVOL: Oxirgi paytlarda muslima ayol-qizlar g‘ayridin erkaklarga turmushga chiqib ketayotganini tez-tez eshitib qolyapmiz. Bu ish shariatimizda mumkinmi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Muslima ayolning musulmon bo‘lmaganga turmushga chiqishi Qur'oni karim, sunnat, ijmo' va aqliy dalillar bilan harom va botil amaldir.

 

Madrasalarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinishiga aniqlik kiritildi

Xabaringiz bor, shu yilning 16-17 sentyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan test sinovlarida ishtirok etdilar.

 

Muhammad Yusuf Boybo‘ta o‘g‘li

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

“Ziyorat” ruknidagi turkum suhbatlarini navbatdagi sonida ustozimiz, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining padari buzrukvorlari  Muhammad Yusuf Boybo‘ta o‘g‘lining ibratli hayot yo‘llari bilan tanishib chiqamiz.

 

Ustozga yo‘llangan eng so‘nggi maktub

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘ysak, ichimizdan go‘yo eshik qoqqandek to‘xtovsiz «duk-duk», «duk-duk», deya sado berayotgan ovoz o‘ylab ko‘rsak, bekorga dukkillamas ekan…

 

Safar oyi haqida islomiy haqiqatni yetkazaylik!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Safar oyi hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yilning ikkinchi oyidir.

 

Sabr va shukrning fazilati

Robbul amiyn, Robb subhanahu va taologa cheksiz hamdu sanolarimiz bo‘lsinkim, mana, 24 haftadan beri, olti oydan beri ushbu dard – vabo tufayli juma namozini o‘qiy olmayotgan edik. Alhamdulillah, yo‘llarimiz ochilib, masjidlarimiz ochilib, bugun sizlar bilan Allohning uyida sog‘-salomat diydor ko‘rishib turibmiz. Buning uchun har qancha shukr aytsak, har qancha hamd aytsak, shuncha oz. Qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz, dindoshlarimiz, yaxshi insonlar, qadrdon do‘stlar, ahli ilmlar, erkagu ayollar bu balo, bu vabo tufayli vafot etib ketishdi. Alloh hammalarini rahmat qilsin! Hozirda bemor bo‘lib turganlarga Parvardigorimiz, Robbul izzaning O‘zi shifoi komil, shifoi ojil bersin, barchamizni hifzu himoyasida asrasin!

 

Islomning muhim fazilatlari nimalar?

Islomning eng muhim jihati e'tiqoddir. Qusurlar, gunohlar afv etilishi mumkin. Allohning avf etish xislati bor. U kechirimlidir. Uning mag‘firati bor, rahmati bor, gunohlar tavba ila yuvilishi mumkin. Muhim bo‘lgani e'tiqoddir. Bu ilmiy tamaldir, haqiqatni to‘g‘ri anglashdir. Bu haqiqat to‘g‘ri anglashilganda Alloh o‘tgan nuqsonlarni mag‘firat qiladi.

إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء

«Albatta Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechirur» (Niso, 48).

 

Islom Avstraliyaga qanday kirib keldi?

Avstraliyaning mahalliy xalqlari va Torres bo‘g‘ozi aholisi xristian kolonizatorlari kelishidan ancha oldin musulmonlar bilan muntazam aloqada bo‘lgan. Bugungi kunda ham Islom ba'zi aborigenlarning qalbida aks-sado bermoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing